Bu hujjat Prezident farmoni loyihasi bo‘lib, unda qurilishlar sifatini oshirishga oid muhim masalalar qamrab olingan.

Jumladan, qurilish ishtirokchilarining mas’uliyati va javobgarligi oshiriladi. Qurilish sohasidagi tizimli kamchiliklarga yo‘l qo‘yib kelayotgan tadbirkorlik sub’ektlarining ochiq reyestri yuritiladi.

Qurilish sohasida nazorat inspeksiyasiga, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga hamda Yo‘l-qurilish ishlari sifatini nazorat qilish inspeksiyasiga Tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakilni xabardor qilgan holda qurilish sub’ektlari faoliyatida tekshirish o‘tkazishga ruxsat beriladi.

Bino va inshootlar qurilishlarining har bir bosqichi nazorat qilib boriladi. Qurilish-pudrat tashkilotlarining faoliyatini tartibga soluvchi yagona normativ-huquqiy hujjat loyihasi ishlab chiqiladi. Qurilish sohasidagi mutaxassislarni bepul sertifikatlash yo‘lga qo‘yiladi. Bu orqali ma’lum malaka va stajga ega bo‘lgan quruvchilarga I, II, III va IV toifa ob’ektlarida qurilishni amalga oshirishga ruxsat beriladi.

Loyihalash faoliyatini amalga oshirayotgan yuridik shaxslarga ularning shtatida tegishli sertifikatga ega muhandis mavjud bo‘lgan taqdirda loyihalash faoliyatini amalga oshirishga ruxsat beriladi. Buyurtmachiga loyiha tashkilotining mualliflik nazoratidan, pudrat tashkilotining ichki nazoratidan hamda Inspeksiya nazoratidan norozi bo‘lgan taqdirda sudga murojaat qilish huquqi beriladi.

Qurilish ob’ektlari zilzilaga bardoshliligini maxsus uskuna bilan tekshirish amaliyoti va ushbu jarayonda jamoatchilik kuzatuvi yo‘lga qo‘yiladi.

Qurilish vazirligi tomonidan loyihalashtirish va qurilish sohasida eng ko‘p qonunbuzilishi va kamchiliklarga yo‘l qo‘yib kelayotgan tadbirkorlik sub’ektlarining ochiq reyestri yuritiladi.

Vakolatli organ tomonidan qurilish sifatini nazorat qilishda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tadbirkorlik suyu’ektlariga dastlab ko‘rsatma berish, ko‘rsatmadagi kamchiliklar bartaraf etilmagan taqdirda ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma rasmiylashtirish belgilanmoqda.

Yangi qurilgan uylarni sotib olgan shaxslarga uylarning sifatini o‘z hisobidan tekshirtirish huquqi beriladi. Bunda bino-inshootning zilzilaga bardoshliligiga ta’sir qiluvchi holatlar aniqlanganda uyni qurgan sub’ekt fuqarolarga pul mablag‘larini to‘liq qaytarib berish mexanizmi yo‘lga qo‘yiladi.

Qurilish vazirligi noqonuniy qurilishlarni aniqlash va oldini olish bo‘yicha tizimli choralarni ko‘radi va Hukumatga axborot kiritib boradi.

Fuqarolarga qulaylik yaratish va ularning ortiqcha xarajatlarini qisqartirish maqsadida milliy qadriyatlardan kelib chiqib, hududlar bo‘yicha 1-2 qavatli hamda 1-10 xonadan iborat uylarning loyihalari ishlab chiqiladi va Qurilish vazirligining veb-saytiga joylashtiriladi. Fuqarolarimizga ushbu loyihalarni bepul olish va undan foydalanish imkoniyati yaratiladi.

Har bir qurilish ob’ektida majburiy tartibda “mualliflik nazorati daftari” (qog‘oz va elektron shaklda) yuritiladi; ko‘p qavatli uylarni qurishda ushbu hududda maktab va maktabgacha ta’lim muassasalarining sig‘imi majburiy inobatga olinadi; respublikaning barcha hududlarida qurilish masalasida qo‘yilgan cheklovlar (ruxsatnomalar berish, ro‘yxatdan o‘tish kabi) to‘liq xatlovdan o‘tkaziladi; yashirin iqtisodiyotning oldini olish maqsadida ob’ektlarning loyiha-smeta hujjatlarida “boshqa xarajatlar”ni ko‘rsatish amaliyotidan voz kechiladi. Buning o‘rniga har bir xarajat va quruvchining foydasi aniq ko‘rsatiladi; tenderda binoni arzon qurib berish hisobiga emas, balki loyiha-smeta hujjatlarida aks ettirilgan binoning sifatiga ta’sir etmagan holda daromadni kamroq olishni taklif etgan talabgorni g‘olib deb topish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi.

Qurilish sohasida nazorat inspeksiyasi xodimlariga qurilish ob’ektlaridagi ishlarning sifatini nazorat qilish jarayonlarini video va foto tasvirga olishiga ruxsat beriladi; “E-IJRO AUKSION” yagona elektron savdo maydonchasida jismoniy shaxslarga o‘z mablag‘lari hisobidan qurilishi rejalashtirilayotgan ob’ektlarni qurish bo‘yicha ularning xohishiga ko‘ra tender o‘tkazish imkoniyati yaratiladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining zamonaviy bosh rejalarini tasdiqlashga aniq muddatlar belgilanmoqda; qurilish sohasidagi barcha qonun hujjatlari to‘liq xatlovdan o‘tkaziladi va unifikatsiya qilinadi; qurilish sohasidagi ayrim hujjatlarni ERI bilan tasdiqlash amaliyotidan voz kechgan holda ularni QR-kod bilan tasdiqlash amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi; o‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalarida qurilgan imoratga nisbatan mulk huquqini sud tomonidan e’tirof etish amaliyoti takomillashtiriladi.

Qurilish vazirligiga tadbirkorlik sub’ektlarini qurilish sohasini nazorat qilish bo‘yicha akkreditatsiyadan o‘tkazish huquqi beriladi.

Xulosa qilib aytganda, ushbu loyihaning qabul qilinishi qurilish jarayoni ishtirokchilarining mas’uliyati va javobgarligini oshirishga, qurilishlarning sifati yaxshilanishiga, qurilish jarayonlarini elektron nazorat qilib borishga, qurilish sohasidagi huquqiy bo‘shliqlarni bartaraf etishga xizmat qiladi.

Muattar Burhonova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Adliya vazirligi qurilish sifatini oshirishga qaratilgan hujjat tayyorladi