Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturida Adliya vazirligiga yuklatilgan vazifalar qanday bajarildi?

Bu savolga Adliya vazirligi axborot xizmati rahbari Sevara O‘rinboyeva javob berdi:  

– Davlat dasturidagi 69 bandda Adliya vazirligiga tegishli vazifa va tadbirlarni bajarish yuklatildi. Shundan 30 band bo‘yicha vazirlik asosiy ijrochi etib belgilandi. 

Vazirlik asosiy ijrochi sifatida belgilangan 21 bandda normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish va 9 bandda amaliy chora-tadbirlar va huquqiy targ‘ibotlarni amalga oshirish nazarda tutilgan. 

Vazirlik tomonidan qo‘shimcha ijrochi sifatida belgilangan 39 banddagi tadbirlar ijrosini ta’minlashda tegishli vazirlik va idoralarga amaliy yordam ko‘rsatildi. 

Davlat dasturida belgilangan vazifalar ijrosi o‘z vaqtida bajarilishi ta’minlandi. 

Adliya vazirligi tashabbusi bilan 179 normativ-huquqiy hujjat, jumladan, 51 qonun, 45 Prezident hujjati, 68 hukumat hujjati, 15 idoraviy normativ-huquqiy hujjat loyihalari ishlab chiqildi. 2 ming 363 qonunchilik hujjati loyihasi huquqiy ekspertizadan o‘tkazildi. Shuningdek, 297 idoraviy normativ-huquqiy hujjat davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. 

Vazirlikka kelib tushgan 142,5 mingta murojaatning 122,9 mingtasi, ya’ni 86 foizi qonuniy hal etildi. 

Qonunbuzilishi holatlarini bartaraf etish bo‘yicha 55 ming 984 taqdimnoma kiritildi. Natijada 12 ming nafardan ziyod shaxs ma’muriy, 25 ming 542 nafar shaxs intizomiy javobgarlikka tortildi. Shundan 682 nafar xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilindi. 

Sudlarga 438 milliard so‘mlik 30 mingdan ziyod da’vo (ariza) kiritilib, 395 milliard so‘mlik 29 ming 739 da’vo (ariza) qanoatlantirildi. 

Huquqiy targ‘ibot sohasida aholining huquqiy ongini oshirish bo‘yicha 440 mingdan ortiq targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi. 

Yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari tomonidan xizmat ko‘rsatiladigan tashkilotlar soni 21 ming 250 taga yetkazildi. Ular tomonidan 3 milliondan ortiq hujjatning qonuniy qabul qilinishi ta’minlandi. 

Davlat xizmatlari sohasida 29 milliondan ortiq davlat xizmati ko‘rsatildi. 88 ming 482 yuridik shaxs davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi (shundan 26 ming 935 tasi internet orqali), 93 ming 819 yuridik shaxs qayta ro‘yxatdan o‘tkazildi. 216 ming 92 yakka tartibdagi tadbirkor davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Davlat xizmatlarini elektron shaklda ko‘rsatish 30 foizdan oshdi. 85 ta yangi davlat xizmati joriy etildi. 

“Litsenziya” axborot tizimi orqali 145 ming 296 litsenziya elektron shaklda berildi. “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida ro‘yxatga olingan hamda I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga davlat xizmatlarini ko‘rsatish bilan bog‘liq to‘lovlar bo‘yicha 50 foiz miqdorida chegirma qo‘llanildi. 

FHDYO bo‘limlari tomonidan 1 million 545 ming 687 xizmat ko‘rsatildi. Jumladan, 968 ming 140 tug‘ilish qayd etildi. Shundan 501 ming 577 nafari o‘g‘il, 466 ming 563 nafarini qiz bolalar tashkil etdi. 
191 ming 456 o‘lim qayd etildi. 283 ming 788 nikoh, 29 ming 207 nikohdan ajralganlik qayd etildi. Boshqa turdagi 53 ming 96 harakat amalga oshirildi. 

Intellektual mulk sohasida 11 mingta intellektual mulk ob’ekti ro‘yxatdan o‘tkazildi. Intellektual mulkni ro‘yxatdan o‘tkazishga doir 19 ming 967 ta talabnoma qabul qilindi. Intellektual mulk ob’ektlarini ro‘yxatdan o‘tkazish va muhofaza hujjatlarini berish bo‘yicha talabnomalarni topshirish va ko‘rib chiqishga oid ma’muriy reglamentlar ishlab chiqildi. 

Mualliflik va turdosh huquqlarni buzayotgan veb-saytlarning yagona reyestrini shakllantirish va yuritish bo‘yicha Butunjahon Intellektual mulk tashkilotining "WIPO Alert" platformasi ishga tushirildi. 

Tadbirkorlarga qulaylik yaratish va ularga intellektual mulk ob’ektlaridan to‘g‘ri hamda samarali foydalanilishiga ko‘maklashish maqsadida BIMTning "WIPO IP Diagnostics" platformasi ishga tushirildi. 

Hisobot davrida intellektual mulk huquqlarining buzilishi holatlari bo‘yicha huquqbuzarlarga nisbatan 467 taqdimnoma va 168 ta ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnoma rasmiylashtirildi. 

112 million 725 ming so‘m miqdorida ma’muriy jarima summasi undirildi. Apellyatsiya kengashi tomonidan sanoat mulki ob’ektlariga oid 110 ish ko‘rib chiqildi. Ro‘yxatdan o‘tgan patent vakillarining soni 22 taga ko‘payib, jami 96 tani tashkil qildi. 

Vazirlik tomonidan 544 yangi va 257 NNTlar qayta, shuningdek, 13 diniy tashkilot davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. 41 NNT faoliyati tugatildi. 

Aholiga huquqiy xizmat ko‘rsatish bo‘yicha esa 5 million 352 ming 822 notarial harakat amalga oshirildi. 

N.Abduraimova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Adliya vazirligi: qonunbuzilishini bartaraf etish bo‘yicha qariyb 56 ming taqdimnoma kiritildi