Adliya vaziri yoshlar bilan uchrashdi
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filialida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vaziri Elmurad Tursunovning yoshlar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Tadbir davomida so‘zga chiqqanlar yoshlar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ularning ijtimoiy faolligini oshirish hamda davlat boshqaruvi jarayonlariga keng jalb etish masalalarining dolzarbligini alohida ta’kidladilar. Shu bilan birga, huquqiy savodxonlikni oshirish va yoshlar salohiyatini ro‘yobga chiqarish bugungi islohotlarning muhim ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekani qayd etildi.

Muloqot jarayonida yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar, ularning ilm-fan, innovatsiya va kasbiy rivojlanishdagi o‘rni haqida batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, yosh xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, talaba-yoshlarning ta’lim jarayoni, ijtimoiy sharoitlari va kelajak rejalari bilan bog‘liq masalalar muhokama qilinib, ularning tashabbuslarini ro‘yobga chiqarish yuzasidan tavsiyalar berildi.

Tadbir yakunida yoshlar o‘rtasida jinoyatchilikning oldini olish va huquqbuzarliklarga qarshi murosasiz munosabatni shakllantirishga qaratilgan film namoyish etildi.
Dovud Abibullayev,
O‘zA muxbiri.