Adliya vaziri: Yerni nafaqat tabiiy resurs, balki mulkiy munosabat obʼekti sifatida kompleks örganiş zarur
Yerga xususiy mulk huquqini joriy etiş, ijara munosabatlarini takomillaştiriş, suv resurslaridan foydalaniş kafolatlarini kuçaytiriş va yerlarning haddan taşqari maydalanişi yoki ayrim şaxslar qölida töplanişining oldini oliş dolzarb ahamiyatga ega.
Adliya vazirligi va Qonunçilikni tahlil qiliş va tartibga soliş taʼsirini baholaş instituti hamkorligida taşkil etilgan «Qişloq xöjaligi yerlariga oid munosabatlarni huquqiy tartibga solişni takomillaştiriş: samarali foydalaniş va xususiy mulkçilikni rivojlantiriş istiqbollari» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada Prezident Administratsiyasi, Oliy Majlis palatalari, tegişli vazirlik va idoralar vakillari, milliy va xorijiy olimlar hamda xalqaro ekspertlar iştirok etdi.
Adliya vaziri Akbar Toşqulov yer munosabatlarini takomillaştirişda yerni nafaqat tabiiy resurs, balki mulkiy munosabatlar obʼekti sifatida ham kompleks örganiş zarurligini taʼkidladi. Xususiylaştiriş qonunçiligini takomillaştiriş va mulkiy huquqlar kafolatlarini kuçaytiriş muhim vazifalar sifatida qayd etildi.

Litva, Rossiya Federatsiyasi va Koreya Respublikasi ekspertlari esa xorijiy tajriba, xususiy mulkçilikning iqtisodiy imkoniyatlari va ehtimoliy xavflari yuzasidan öz maʼruzalarini taqdim etdi.
Konferensiyadagi muhim takliflardan biri – qişloq xöjaligi yerlarini xususiylaştirişda tabaqalaştirilgan yondaşuvni qöllaş masalasi böldi.
Toşkent davlat yuridik universiteti professori Gözal Uzoqova qişloq xöjaligi yerlariga nisbatan xususiy mulkçilikni bosqiçma-bosqiç joriy etiş imkoniyatlarini örganişni taklif qildi. Barça turdagi qişloq xöjaligi yerlariga bir xil huquqiy yondaşuvni qöllaş örniga, ularning xususiyati va foydalaniş maqsadidan kelib çiqiş maqsadga muvofiq. Yaylovlar va umumiy irrigatsiya tarmoqlarini davlat mulkida qoldiriş zarur.
Qişloq xöjaligida yerdan samarali foydalaniş faqat mulkçilik munosabatlariga emas, balki suv resurslaridan foydalaniş imkoniyatiga ham bevosita boğliq. Şu nuqtai nazardan, suv servitutlari institutini joriy etiş taklifi ilgari surildi.
Konferensiyada muhokama qilingan yana bir masala – fermer va dehqon xöjaliklari rahbarlarining kasbiy bilim va könikmalarini oşiriş bilan boğliq böldi.
Qişloq xöjaligi vazirining örinbosari Jamşid Abduzuhurov fermer va dehqon xöjaliklari rahbarlari uçun malaka sertifikatlarini joriy etiş taklifini bildirdi.
Taşabbusning asosiy maqsadi – yerdan oqilona foydalaniş, zamonaviy agrotexnologiyalarni qöllaş, suv resurslarini tejaş va ekologik talablarga rioya qiliş böyiça bilim hamda könikmalarni rivojlantirişdan iborat.

Konferensiyada Qişloq xöjaligi vazirligi boşqarma boşliği Oybek Soatov yerlarning ayrim şaxslar qölida haddan taşqari töplanişi va aksinça, maydalanib ketişining oldini olişga qaratilgan takliflarni ilgari surdi. Xususan, aholi ziçligi, mavjud yer resurslari va hududlarning öziga xos xususiyatlaridan kelib çiqib, bir şaxs mulkida bölişi mumkin bölgan qişloq xöjaligi yerlarining eng yuqori maydonini belgilaş taklif qilindi.
Bundan taşqari, meros va oldi-sotdi natijasida yer uçastkalarining haddan taşqari maydalanib ketişini çeklaş maqsadida yer konsolidatsiyasi mexanizmlarini joriy etiş masalasi kötarildi.
Qişloq xöjaligi yerlarida uy-joy qurilişini taqiqlaş va tuproq unumdorligini saqlaşni mulkdorning majburiyati sifatida belgilaş zarurligi taʼkidlandi.
Bu takliflar yerga xususiy mulk huquqini joriy etiş jarayonida iqtisodiy manfaatlar bilan bir qatorda oziq-ovqat xavfsizligi, tuproq unumdorligi va yer resurslarini kelajak avlodlar uçun saqlaş masalalari ham muhim örin tutadi.
Konferensiya doirasida milliy va xorijiy olimlarning qişloq xöjaligi yerlariga oid huquqiy munosabatlar, xususiy mulkçilik istiqbollari va xalqaro tajribaga bağişlangan ilmiy maqolalari töplami ham naşr etildi.
Konferensiya yakunida bildirilgan takliflarni umumlaştiriş, ularni huquqiy, iqtisodiy, ijtimoiy, ilmiy va ekologik jihatdan tahlil qiliş hamda qonunçilikni takomillaştiriş jarayonida foydalaniş yönalişlari belgilab olindi.
Norgul Abduraimova,
ÖzA