Tomonlar huquq ustuvorligini ta’minlash, davlat boshqaruvi, ma’muriy taomillar, investorlar uchun qulay muhit yaratish borasidagi o‘zgarishlar bo‘yicha fikr almashdi.

Joriy yilning 2 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri Ruslanbek Davletov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining iqtisodiy rivojlanish, samarali boshqaruv va xalqaro hamkorlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi Suma Chakrabarti bilan uchrashdi.

Vazir maslahatchiga Adliya vazirligi faoliyati, uning O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan huquqiy islohotlardagi roli, adliya organlarini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari haqida ma’lumot berdi.

photo_2020-11-03_10-22-25.jpg

R. Davletov BMTTD, USAID, YeXHT, YeI, BMT NJB, GXHT, TIKA, Buyuk Britaniyaning Toshkentdagi elchixonasi singari va boshqa xalqaro tashkilotlarning O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan huquqiy islohotlardagi faol ishtirokini qayd etdi.

Suma Chakrabarti o‘z navbatida vazirga o‘zining O‘zbekistondagi faoliyatining asosiy yo‘nalishlari, xususan investitsiya muhitini yaxshilash, davlat organlari salohiyatini oshirish, boshqaruv kadrlarni tayyorlash va malakasini oshirish, shuningdek davlat organlari bilan muloqotning yangi usullarini joriy qilish borasidagi ishlar xususida ma’lumot berdi.

photo_2020-11-03_10-22-27.jpg

Vazir maslahatchi bilan kelgusida keng ko‘lamli masalalar bo‘yicha o‘zaro hamkorlik qilishga tayyor ekanini bildirdi va vazirlik innovatsiyalar uchun ochiq ekanini qayd etdi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Adliya vaziri Ruslanbek Davletov Prezident maslahatchisi Suma Chakrabarti bilan uchrashdi