O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri Akbar Toshqulov Sirdaryo viloyatining Sirdaryo va Oqoltin tumanlari adliya bo‘limlari, davlat xizmatlari hamda yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari, “Madad” NNT hamda tuman arxivi faoliyatida huquqiy axborotni tarqatish va ijrochilarga yetkazish, binoda aholi, tadbirkorlarga yaratilgan sharoitlar, xodimlar tomonidan davlat xizmatlarining belgilangan talablar bo‘yicha ko‘rsatilishi bilan qiziqdi.

Bu tuzilmalar (adliya bo‘limi, yuridik xizmat va davlat xizmatlari markazlari hamda FHDYO bo‘limi) tomonidan Sirdaryo tumanida 135 mingdan ziyod, Oqoltin tumanida 52 mingdan ziyod aholi, tadbirkorlar, davlat tashkilotlariga huquqiy va davlat xizmatlari ko‘rsatilib kelinmoqda. Mutaxassislar bilan suhbatlar jarayonida sohada uchrayotgan muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflarni tingladi.

Shuningdek, tumanlardagi arxiv hujjatlarining saqlanish holati ko‘zdan kechirildi. Mutaxassislar bilan xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish va sohada kuzatilayotgan muammolarni bartaraf etish yuzasidan muloqotda arxiv ishi sohasidagi davlat xizmatlarining ma’muriy reglament talablari doirasida ko‘rsatilishi yuzasidan zarur tavsiyalar berdi.

Adliya vaziri Oqoltin va Sirdaryo tumanlari hokimlari bilan huquqni qo‘llash amaliyoti, yuridik xizmat va hokimliklar faoliyatini huquqiy jihatdan ta’minlash masalalarida muloqot qildi.

Sh.Suyarov, O‘zA muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Adliya vaziri quyi tuzilmalar faoliyatini o‘rgandi