Adliya vaziri Ruslanbek Davletov Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi “Xalq bilan muloqot” guruhida fuqarolar bilan onlayn muloqot qildi.

Aholi murojaatlari bilan ishlashning yangi shakli sifatida илк bora tashkil etilgan ushbu muloqot ikki soat davom etdi va unda fuqarolardan 1,5 mingdan ziyod savol tushdi. 

@adliyaga_savolbot telegram boti orqali 500 ga  yaqin, “Onlayn muloqot” payti Youtube tarmog‘ida 300 dan ziyod, “Xalq bilan muloqot” guruhida esa 700 dan ortiq xabarlar, murojaatlar va savollar yozib qoldirildi. 

Onlayn muloqot davomida fuqarolar nafaqat adliya tizimi va norma ijodkorligiga doir savollar bilan murojaat qildi, balki davlat organlari ishiga o‘zlarining munosabatlarini, baho va e’tirozlarini ham bayon etdi. 

Xususan, gaz va elektr muammolari, klasterlar, fermer xo‘jaliklari va hokimliklar o‘rtasidagi munosabatlar, mehnat huquqi, notariat va advokatura, yuridik ta’lim, meros, mulk, aliment masalalari kabi bugungi kunda aholini o‘ylantirayotgan savollarga huquqiy asoslantirilgan javoblar berildi.

Masalan, “Nega maktablarda huquq darsi kam?” degan savolga bu yo‘nalishda Xalq ta’limi vazirligi bilan hamkorlikda ishlar olib borilayotgani, kelgusida “Har kunlik huquq” mavzusida darsliklar yaratilishi va nashr etilishi ko‘zda tutilgani ta’kidlandi.

Foydalanuvchilaridan birining “Ta’lim muassasalari va tibbiyot xodimlarini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish uchun pul to‘lanadimi?” degan savoliga xodimlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish davlat byudjeti hisobidan bepul amalga oshirilishi shartligi aytildi. 

Ko‘pchilik foydalanuvchilarning pasport, haydovchilik guvohnomasi olish kabi xizmatlar davlat xizmatlari markazlariga o‘tkaziladimi, degan savoliga Adliya vaziri bu kelgusida ko‘rib chiqilishi kerak bo‘lgan masala ekanini qayd etdi. 

Yangi hokim kelganda sobiq hokimning qarorini bekor qilishi mumkinmi? Bunga javoban vazir asossiz ravishda qarorni bekor qilish mumkin emasligini aytdi. 

Yuridik xizmatlar shtatlari qisqarsa, unda mehnat qilayotgan xodimlar ishsiz qoladimi? Bu savolga javoban esa aslo bunday bo‘lmasligi aytildi. Bu sohada o‘zgarish bo‘layotganining sababi – keyingi 2,5 yil ichida davlat organlarida garchi yuristlar bo‘lsa ham 39 ming noqonuniy hujjat qabul qilingan. Bu esa qonunbuzilishiga sabab bo‘lgan. 

Ikki soatdan ortiq davom etgan qizg‘in va mazmunli muloqot jarayonida kelib tushgan savollarga imkon qadar keng, atroflicha va tahliliy javoblar berildi.

Biroq, murojaatlar oqimining kattaligi va vaqt chegaralanganligi bois javobsiz qolgan savollarga fuqarolarning shaxsiy manziliga javob yuborilishi, hech bir murojaat e’tiborsiz qolmasligi alohida ta’kidlandi. 

Shu o‘rinda aytib o‘tish kerakki, ayrim foydalanuvchilar murojaat qilish madaniyatiga amal qilmagani ayrim savollarning e’tiborsiz qolishiga sabab bo‘ldi. Masalan, bir necha foydalanuvchi bir savolni 10-15 martalab qayta-qayta yuborgani kuzatildi. Bu esa javob beruvchining savollarni saralab olib, o‘qishiga va javob berishiga halaqit berdi. Nazarimda bunday muloqot payti foydalanuvchilarni murojaat qilish, tartibi, madaniyatiga amal qilishga chorlash maqsadga muvofiq. 

Vazirlik xodimlarining fikricha, ushbu loyiha yana bir jihati bilan ahamiyatli bo‘ldi: muloqot davomida kelib tushgan murojaatlar aholi muammolarini aniqlash va xalqning real ahvolini his qilish uchun muhim manba bo‘ldi. Ushbu ma’lumotlar tizimlashtirilgan holda tahlil qilinib, natijalar va xulosalar kelgusida norma ijodkorligi sohasida e’tiborga olinadi. 

Jumladan, muloqot yakunlangach, vazirlik mutaxassislariga  kelib tushgan ayrim takliflar yuzasidan qonunchilikka o‘zgarishlar kiritish masalasini o‘rganish topshirig‘i berildi.

Vazirlik mazkur loyihani muntazam davom ettirishni rejalashtirgan.

Norgul Abduraimova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Adliya vaziri bilan onlayn muloqotda qanday savollar tushdi?