Adliya vazirligi tomonidan 2024 yilda 2 ming 93 normativ-huquqiy hujjat loyihasi huquqiy ekspertizadan o‘tkazilib, vazirlik tashabbusi bilan 286 loyiha ishlab chiqildi.

Davlat xizmatlari markazlari orqali ko‘rsatiladigan 70 dan ortiq yangi turdagi xizmatlar joriy qilinib, ularning jami soni 409 taga yetkazildi. 144 xizmat soddalashtirildi. 13 ta litsenziya, ruxsat berish va xabardor qilish tartibi bekor qilindi.  

Biznesni qo‘llab-quvvatlash hamda uni tashkil etishda yengillik yaratish maqsadida 3 oygacha “o‘tish va moslashish davri”ni belgilaydigan “Biznesga litsenziyasiz kirish” (Zero Licensing) maxsus rejimi eksperiment tariqasida joriy etildi.  

Bu Adliya vazirligining 2024 yil davomida amalga oshirilgan ishlar, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar va kelgusidagi vazifalar muhokamasiga bag‘ishlangan hay’at yig‘ilishida qayd etildi.  

“Adliya mahalla” va “Onlayn mahalla” platformasi orqali aholining 203 mingdan ortiq huquqiy muammolari qabul qilinib, shundan 176 mingdan ortig‘i yoki 87 foizi hal etildi. 336 ming nafar fuqaroga birlamchi huquqiy yordam bepul ko‘rsatilib, 10 mingdan ortiq protsessual hujjat loyihalari tayyorlab berildi. Joylarda 420 mingdan ziyod huquqiy targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.  

Huquqiy axborotni yetkazish raqamlashtirilib, barcha qonunchilik hujjatlarini Yagona huquqiy axborot almashish tizimi orqali davlat organlari va tashkilotlarga, mahallalarga yetkazish yo‘lga qo‘yildi.  

Kelib tushgan 270 ming murojaatning 88 foizi qonuniy hal etildi. Yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari tomonidan 21 mingdan ortiq davlat tashkilotining 8,4 milliondan ziyod hujjat loyihasiga huquqiy xulosa berildi. 

10 turdagi notarial harakatlarni videokonferensaloqa orqali rasmiylashtirish yo‘lga qo‘yilib, 74 mingdan ortiq notarial harakat onlayn amalga oshirildi. 21 ming 573 intellektual mulk ob’ekti davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.  

Ro‘yxatga olingan tovar belgilari, ixtiro, foydali model va seleksiya yutuqlari bo‘yicha alohida reyting shakllantirilib, ommaviy axborot vositalarida e’lon qilindi.  

Bu kabi ishlar natijasida O‘zbekiston 24 yildan so‘ng AQSH Savdo vakilligining “Kuzatuvdagi davlatlar” ro‘yxatidan chiqarildi.  

X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud-ekspertiza markazi tuzilmasi takomillashtirilib, markazning hududiy bo‘limlarida qo‘shimcha 12 ta yangi ekspertiza turlari yo‘lga qo‘yildi.  

Majlisda sohada ayrim muammolar mavjudligi, jumladan, murojaatlar bilan ishlashda ayrim rahbarlarning qat’iyatsizligi va huquqni qo‘llash sohasidagi muammolarni hal etishda tizimli yondashuvdagi kamchiliklar mavjudligi ta’kidlandi.  

Adliya organlari va muassasalarining rahbar va mas’ul xodimlari ishtirok etgan yig‘ilish yakunida qator vazifalar belgilab olindi.  

N.Abduraimova,

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Adliya mahalla” va “Onlayn mahalla” platformasi orqali 336 ming nafar fuqaroga bepul huquqiy yordam ko‘rsatildi