Tarix bir kunda yaratilmaydi. Jumladan, adliya organlari tarixi ham 100-yillik tarixga va bu tarixni yaratgan shaxslarga ega.

Adliya vazirligining bir asrlik faoliyatiga oid materiallar jamlangan “Adliya organlari tarixi muzeyi”ga kirib koʻrsangiz, mazkur dargohda fidoyilik bilan mehnat qilgan rahbar faxriylar stendiga koʻzingiz tushadi. Bu tizimga mehnati singgan ustozlarga yosh avlodning hurmat va ehtiromi ifodasidir.

Vazirlikda Faxriylar kengashi ham faoliyat yuritadi. Kengash koʻp yillar samarali mehnat qilgan 600 dan ortiq faxriyni birlashtiradi. Faxriylarga muntazam ravishda eʼtibor qaratilib, turli bayramlar arafasida va ularning qutlugʻ tavallud ayyomlarida tabriklash hamda taqdirlash, moddiy yordam koʻrsatish yaxshi anʼanaga aylangan. Xususan, soʻnggi ikki yil ichida faxriylarimiz uchun 100 million soʻmdan ortiq mablagʻ ajratildi.

Faxriylarimiz bu tirik tariximiz , jonli ensiklopediyamizdir.

Xususan, nuroniy faxriylarimizdan 95 yoshni qarshilayotgan Nurilla Abdullayev, Gulsara Davletmuratova, Klara Alasheva, Shiringul Madrimova, 95 yoshni qarshilagan ikkinchi jahon urushi qatnashchisi Akmal Akramov, Andijondan Ehtibor Moʻminova, 78 yoshni qarshilayotgan Yoqubjon Jalolov, Adliya vazirligi faxriylar kengashi viloyat boʻlimi rahbari boʻlib ishlayotgan Adinaxon Haydarova, Xorazm viloyatidan 85 yoshni qarshilayotgan Oʻktam Rahimov, Raimboy Rajabov, Toshkent davlat yuridik universitetida bir umr yoshlarga ustozlik qilib, minglab shogirdlarga taʼlim bergan Habibula Abduvaliyev, shuningdek, Xalim Boboyev, Namangan viloyatidan Odiljon Azimovlar... Bu roʻyxatni uzoq davom ettirish mumkin.

Ularning soha rivoji uchun qoʻshgan hissasi, jasorati oldida doim taʼzimdamiz, ular bilan faxrlanamiz.

Adliya vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimi

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Adliya faxriylari eʼzoz va eʼtiborda!
Жамият
19:50 / 30:09:2019