Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanida yashovchi fuqaro Farhod Botirov tumandagi 101-sonli maktabda jismoniy tarbiya fani o‘qituvchisi bo‘lib ishlar edi. O‘tgan yilning yozgi ta’til vaqtida “ishga kelmading” degan vaj bilan maktab rahbari uni ishdan bo‘shatadi. O‘tgan vaqt mobaynida ishini tiklash maqsadida tashkilotma-tashkilot sarson bo‘lgan fuqaro oxiri tuman adliya bo‘limiga murojaat qiladi.

Shundan so‘ng tuman adliya bo‘limi boshlig‘i B.Axmedov fuqaroning Chiroqchi tumanidagi 101-sonli umumiy ta’lim maktabiga ishga tiklash, majburiy bekor yurgan kunlari uchun ish haqqi va ma’naviy zararni undirish haqida fuqarolik ishlari bo‘yicha Chiroqchi tuman sudiga ariza kiritadi. Ammo FIB Chiroqchi tuman sudi ishni ko‘rib, hal qiluv qarori bilan arizani rad etadi. Keyin Chiroqchi tuman adliya bo‘limi tomonidan 19.07.2022 yilda appelyatsiya shikoyati FIB Qashqadaryo viloyat sudining appelyatsiyasi instansiyasiga kiritiladi.  

FIB Qashqadaryo viloyat sudining appelyatsiya instansiyasi appelyatsiya shikoyati bilan ushbu fuqarolik ishini ochiq sud majlisida ko‘rib chiqib, 2022 yil 7 dekabrdagi ajrimi bilan fuqaro Farhod Botirovning Chiroqchi tumandagi 101-sonli maktabga ishga tiklash, majburiy ishlamagan kunlari uchun ish haqlari va ma’naviy zararni undirish haqidagi talablarini qanoatlantirish haqida qaror chiqaradi.  

– 15 oyi 11 kun deganda adolat tiklandi, – deydi F.Botirov. – Bo‘shagan vaqtimdagi ish haqlarim ham to‘lab beriladigan bo‘ldi. Talablarim ko‘rib chiqilib qonuniy yechim topilganidan juda mamnunman. Adliya organlaridan minnatdorman. Xuddi shunday Chiroqchi tuman adliya bo‘limiga fuqaro Gulchehra Saydaliyevadan ham shikoyat arizasi tushgan. Arizada ta’kidlanishicha, fuqaro G.Saydaliyeva 2015 yilda tumandagi 4-sonli umumta’lim maktabining psixolog o‘qituvchiligidan homiladorlik va tug‘ish ta’tiliga chiqib ketgan. Yetti yil ta’tilda bo‘lgan. 2019 yil ta’lim sohasida islohot bo‘lib, psixolog shtati bo‘yicha ishga qabul qilish vakolati maktabdan tuman xalq ta’limi bo‘limiga o‘tkazilgan. 2022 yilda Saydaliyeva qaytib ishga chiqmoqchi bo‘lganda, ishiga boshqa shaxs ishlayotganligini biladi va u o‘zini maktabning yoki xalq ta’limi bo‘limining buyrug‘i bilan ishdan bo‘shatilmaganligini bilgani holda bir necha tashkilotlarga murojaat qilsada ishga qabul qilinmaydi. Shundan keyin adliya bo‘limiga ariza bilan murojaat qiladi. Tuman adliya bo‘limining aralashuvchi bilan ishga qayta tiklanadi.  

– Joriy yilning sentyabr oyida bo‘limimizga fuqaro G.Saydaliyeva tug‘ish ta’tilidan qaytganda ishga olmaganligi bo‘yicha murojaat bilan keldi, – deydi tuman adliya bo‘limi yetakchi maslahatchisi Humoyun Norxo‘jayev. – Ariza bo‘limimiz tomonidan o‘rganilganda 2015 yilda G.Saydaliyeva homiladorlik ta’tiliga chiqarilganda psixolog lavozimiga ishga olish va bo‘shatish vakolati maktab direktori zimmasida bo‘lgan. Keyin ta’lim sohasida islohot bo‘lib 2019 yilda ushbu vakolat xalq ta’lim bo‘limi mudiriga o‘tkazilgan. Bu davrda fuqaro tug‘ish ta’tilida bo‘lgan. Bir paytning o‘zida tug‘ish ta’tiliga bir necha marta davomli chiqqan. Bundan tashqari, fuqaroni bo‘shatish haqida ham buyruq chiqarilmagan.  

Tuman adliya bo‘limining qonuniy aralashuvi bilan muammoga yechim topildi va fuqaro o‘z ishiga tiklandi. Hozirda tuman xalq ta’lim bo‘limi mudirining buyrug‘i bilan tumandagi 4-sonli maktabda psixolog lavozimida ishlab kelmoqda.  

O‘lmas Barotov,  

O‘zA.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Adliya aralashuvi bilan xodimlar ishiga tiklandi