Adabiyotda tanish-bilishchilik ketmaydi...
Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasida tashkil etilgan “Mahorat darsi”ning galdagi mehmoni Oʻzbekiston xalq shoiri Usmon Azim boʻldi.

Unda shoir “Onajonim — sheʼriyat” toʻgaragi aʼzolariga, havaskor ijodkorlarga, talaba-yoshlarga oʻz tajribasidagi mahorat sirlarini ulashdi.
Yuzma-yuz muloqotning yaqinligi, adabiyot olamidagi qiziqarli voqealar gurungi, sheʼrlar jarangi yigʻilganlarni ikki soatdan ortiq vaqt davomida zeriktirmadi.
- Adabiyot bitta, lekin uning yoʻnalishlari koʻp. Yoshlikda hamma sheʼr yozishi mumkin, - dedi Oʻzbekiston xalq shoiri Usmon Azim. - Lekin isteʼdod qancha tez egallansa shuncha yaxshi. Yana bir gap borki, bu anglash jarayoni. Oʻzini anglamagan shoir hech qachon shoir boʻla olmaydi. Shu bilan birga mutolaani kuchaytirish kerak. Ijodkor kitob oʻqimas ekan u sheʼriyatda ham, prozada ham hech qanday yetuk asar yarata olmaydi. Sheʼriyat – bu tasvir. Hayotdagi koʻringan narsani sheʼrga kirgiza bilish ham nihoyatda katta mahoratni talab qiladi. Hozirgi ayrim yosh ijodkorlar sheʼrlarini gazeta-jurnallarda chiqarishga shoshiladi. Aslida birinchi ijod namunalarini eʼlon qilishga ehtiyot boʻlish kerak. Sheʼriyat dunyosida uzoq manzillarga borishni oʻylash lozim, deb oʻylayman. Adabiyotda tanish-bilishchilik ketmaydi. Sheʼriyat mukammal misralarni, yuksak didni talab qiladi.
- Hozirgi adabiyot davrdan ilgarilash u yoqda tursin, ayni davrni ham aks ettirolmay qoldi. Siz bunga nima deysiz?
- Bu savolga javob berishga koʻp ham tayyor emasman, - dedi shoir Usmon Azim. - Buning uchun oʻzbek adabiyotini toʻliq bilishim kerak. Keyingi paytlarda koʻplab asarlarni oʻqiy olmayapman. Xurshid Doʻstmuhammad, Alisher Mirzayevni, Nodira Sodiqovalarning asarlarini oʻqib, juda xursand boʻldim. Bunaqangi toza yozadigan ijodkorlarni keyingi paytda koʻrmadim. Soʻzlari shunaqangi joyiga qoʻyib yozilganki, ularning oʻziga xos ohangi bor, koʻzga koʻrinmaydigan narsalarni mahorat bilan tasvirlaganki, qoyil qoldim. Nihoyatda hayajonlandim.
Yoshlar ustozga adabiyot borasida savollar berdi, fikrlar almashdi. Oʻz oʻrnida Usmon Azim qator sheʼrlaridan oʻqib berib, ixlosmandlarni xushnud qildi. Mahorat sabogʻi soʻnggida shoir yaqin kunlarda yoshlar ishtirokida sheʼriyat kechasi tashkil qilish taklifini berdi.
Demak, sheʼrlar jarang sochuvchi yana bir goʻzal uchrashuvni kutib qolamiz.
Zulayho AHMADJONOVA

Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati mutaxassisi