O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi va Isroilning Yahudiy yozuvchilar assotsiatsiyasi vakillari o‘rtasida onlayn-uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Unda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi o‘rinbosari G‘ayrat Majid, xalqaro aloqalar va badiiy tarjima  bo‘limi bosh mutaxassisi Risolat Haydarova, mintaqaviy bo‘limlar va ijodiy  kengashlar bilan ishlash bo‘limi bosh mutaxassisi Nikolay Ilin, Yahudiy yozuvchilar assotsiatsiyasi vitse-prezidenti Dorit Silverman, Assotsiatsiyaning  tashqi aloqalar bo‘limi boshlig‘i Shlomit Aaroni Lir  va ijodiy ishlar  rahbari Meir Ouziel ishtirok etdi.    

Uchrashuvni  O‘zbekistonning Isroildagi Favqulodda va Muxtor elchisi Feruza Mahmudova olib bordi.      

Yahudiy yozuvchilar Assotsiatsiyasi (Agudat ha Sofrot ve ha Sofrim) 1921 yilda tashkil etilgan bo‘lib, unga yahudiylar adabiyotining Xaim Naxman Byalik, Saul Chernichovskiy, Xaim Xazaz, Yaakov Orland, Abba Kovner va  Natan Yonatan kabi  taniqli  arboblari rahbarlik  qilgan.  

Hozirda tashkilotni yozuvchi Svika Nir boshqarmoqda. Bugungi kunda ivrit (ibroniy) tilida  yozadigan  besh yuzga yaqin  shoir va yozuvchilar,  badiiy tanqidchilarni o‘zida birlashtirgan Assotsiatsiya yiliga olti marotaba  nashr etiladigan «Moznaim» adabiy jurnalini chop etadi. Ayni damda «Gnazim yahudiy yozuvchilar (xazinasi)» dunyodagi eng yirik yahudiylar  adabiy qo‘lyozmalari va hujjatlari arxivini  boshqaradi. Arxiv Tel-Aviv Markaziy kutubxonasida joylashgan bo‘lib,  bu yerda yahudiy adabiyotining  deyarli barcha vakillarining qo‘lyozmalari va boshqa materiallari jam bo‘lgan.  

Rais o‘rinbosari G‘ayrat Majid  yahudiylik hamkasblariga O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining  adabiy faoliyati haqida so‘zlab berdi. Keyingi yilda o‘zining 90-yilligini nishonlaydigan Uyushma tomonidan olib borilayotgan adabiy-ma’rifiy ishlar, jumladan kitob aksiyalari, taqdimotlar, xalqaro adabiy  aloqalarni  rivojlantirish loyihalari hamda  adabiy nashrlar  faoliyati uchrashuv qatnashchilarida katta taassurot qoldirdi.  

Suhbat chog‘ida “Adiblar xiyoboni” kitob-albomi,  ikki jildli “O‘zbek she’riyati antalogiyasi” hamda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi tomonidan nashr etilgan  ko‘plab kitoblar, o‘zbek adiblari tarjima faoliyatining noyob  loyihasi bo‘lmish  “Turkiy adabiyot durdonalari” yuz jildlik kitoblar turkumining bir qancha jildlari  namoyish etildi.  Feruza Mahmudova  ham yurtimizning o‘ziga xos madaniy merosi haqidagi  bir nechta kitoblarni namoyish etdi.  

Onlayn-uchrashuvda  ikki uyushma  o‘rtasida hamkorlik munosabatlarini  yo‘lga qo‘yish masalasi muhokama qilindi. Shlomit Aaroni Lir  O‘zbekistonga tashrif buyurib, Adiblar xiyobonida bo‘lish istagi borligini aytdi, deb xabar beradi O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi matbuot xizmati.  

N.Usmonova,

Ahmadjon Ergashev (surat), O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Adabiyot sohasidagi aloqalarni rivojlantirish yo‘lida