Abu Mansur Moturidiy – oʻzbek xalqining iftixori
Bunday xalqaro konferensiyalar dunyo ulamolari eʼtirof etgan olimlarning qarashlarini va tajribalarini oʻrganishga imkoniyat yaratadi.
Rafi Usmoniy, Pokiston bosh muftiysi:
– IX asrda Movarounnahr va islom dini tarqalgan hududlarda moʻtaziliya, jahmiya, karromiya kabi bir qator adashgan oqimlar oʻz taʼlimotini singdirishga harakat qilayotgan bir paytda samarqandlik buyuk mutafakkir Abu Mansur Moturidiy ularga qarshi Qurʼon va hadis asosida anʼanaviy ahli sunna val jamoa taʼlimoti haq ekanligini aql va naql asosida isbotlashga bor kuch-gʻayratini sarflagan olimdir. U asos solgan taʼlimot asta-sekin shogirdlari orqali butun dunyoga tarqalib, jamiyatning jipslashishiga va destruktiv oqimlarga nisbatan immunitet hosil qilishga zamin yaratdi.
Moturidiylik taʼlimotini oʻrganish va Abu Mansur Moturidiy yozgan asarlarni tarjima qilish hamda ularning sharhlarini yaratish bugungi globallashuv sharoitida yuzaga kelgan va yoshlar ongini zaharlashga qaratilgan turli xil mafkuraviy xurujlarga qarshi maʼnaviy immunitet boʻlib xizmat qiladi. Mazkur xalqaro konferensiya moturidiylik taʼlimotini oʻrganish va uning asoslarini xalqchil tarzda yoshlarga yetkazish yoʻlidagi eng oqilona qarordir. Bunday xalqaro konferensiyalar dunyo ulamolari eʼtirof etgan olimlarning qarashlarini va tajribalarini oʻrganishga imkoniyat yaratadi.