Buxoroda Abu Ali ibn Sino tavalludining 1044 yilligi munosabati bilan “Miliy tiklanish” demokratik partiyasi viloyat kengashi, Ibn Sino jamoat fondi Buxoro viloyat filiali, Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti hamda Respublika tez tibbiy yordam markazi Buxoro viloyati filiali, shuningdek, Peshku tumani hokimligi hamkorligida buyuk qomusiy olim, tabobat ilmining sultoni Ibn Sino ijodi va ilmiy merosini chuqur o‘rganish va keng targ‘ib qilish maqsadida ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi.

Anjumanda so‘zga chiqqanlar olimning hayoti va faoliyati, “Tib qonunlari” va ta’lim sohasidagi qarashlari, tibbiy risolalari to‘g‘risida to‘xtalib, ularni o‘rganish hamda bizga noma’lum bo‘lgan asarlarini izlab topish va tadqiq etish muhimligini ta’kidlashdi. 

–Ibn Sinoning 242 asari bizgacha yetib kelgani, shundan 60 tasi falsafa, ilohiyot va tasavvufga tegishli, 43 tasi tabobatga oid, 19 tasi mantiqqa, 26 tasi ruhshunoslikka, 23 tasi tibbiyot ilmiga, 7 tasi astronomiyaga, 1 tasi matematika, 1 tasi musiqaga, 2 tasi kimyoga, 9 tasi etikaga, 4 tasi adabiyotga va 8 tasi boshqa olimlar bilan ilmiy yozishmalarga bag‘ishlangan, –deydi Ibn Sino jamoat fondi Buxoro viloyat filiali rahbari, tibbiyot fanlari doktori, professor Muso O‘rinov. –Shuningdek, qadimgi yunon tabibi Gipokrat 200 ga yaqin o‘simlik haqida ma’lumot bergan, Abu Ali ibn Sino o‘zining “Tib qonunlari”da 900 ga yaqin o‘simlik xususida fikr yuritib, ulardan foydalanish yo‘llarini bayon qilgan. 

Darhaqiqat, alloma Sharq donishmandlarining “dorivor xususiyati bo‘lmagan o‘simlik yo‘q va o‘simlik bilan davolanmaydigan kasallik ham yo‘q”, degan so‘zlarini amalda isbotlagan buyuk inson edi. 

Ulug‘ alloma yurti Buxoroi sharifda keng ko‘lamda o‘quv, o‘quv-uslubiy va ilmiy ishlarni yanada rivojlantirish maqsadida Buxoro davlat tibbiyot instituti tarkibida YUNESKOning An’anaviy tibbiyot kafedrasi tashkil etilgan. Kafedra faoliyatini 1999 – 2000 o‘quv yilidan boshlagan. Kafedra Sharq tabobati (xalq tabobati) uslublarini o‘rganish, ularni qayta tiklash, ommalashtirish va keng qo‘llash uchun asoslar ishlab chiqish, Sharq allomalari Abu Ali ibn Sino va boshqalarning tibbiy, falsafiy, ilmiy nazariyalarini chuqur o‘rganish va ulardan keng foydalanishni maqsad qilgan. 

Anjuman ishtirokchilari Abu Ali ibn Sino muzeyida ham bo‘lib, dunyoda benazir qomusiy olim sifatida tanilgan alloma, tibbiyot ilmining sultoni Ibn Sinoning hayoti, bebaho xazina sifatida e’tirof etiladigan boy merosi hamda noyob asarlari bilan tanishdi. 

Anjumanda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zosi Abira Huseynova so‘zga chiqdi. 

Zarif Komilov, O‘zA muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Abu Ali ibn Sino –tabobat ilmining sultoni