“Kamalak” nashriyoti tomonidan yozuvchi Abdujalol Rahimning «Abu Ali ibn Sino» nomli romani chop etildi.
Kitob O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi «Ijod» jamoat fondi tomonidan «Adib va jamiyat» ruknida chop etilgan.
Romanda Abu Ali ibn Sinoning ilmiy, adabiy, falsafiy merosi dunyo ilm-fani tomonidan e’tirof etilishi haqida gap boradi. Yozuvchining ushbu kitobi Abu Ali ibn Sino tavallud kunidan (980 yil) boshlab 1005 yilgacha Buxoroda kechgan hayoti haqida hikoya qilinadi.
Asar 2018 yilda, hali kitob bo‘lib chiqishga ulgurmasdan turib, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining «Eng yaxshi asarlar» tanlovi g‘olibi, deya e’tirof etilgan.
Romanda jiddiy mavzular ko‘tarilgan. Yozuvchi voqealarni badiiy tasvirlaydi. Tarixiy hodisalarni to‘g‘ri ifodalanishiga ahamiyat qaratadi. Asar tibbiyot fanlari nomzodi, Ibn Sino jamoat fondi ilmiy maslahatchisi Abdukarim Usmonxo‘jayev maslahati va ko‘rsatmasi bilan yozilgan.
O‘zA