Abrayev Bunyod O‘rinboyevichning fizika-matematika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
“Raqobatlashuvchi o‘zaro ta’sirli SOS modeli uchun Gibbs o‘lchovlari” mavzusida
Abrayev Bunyod O‘rinboyevichning 01.01.01 – “Matematik analiz” ixtisosligi bo‘yicha “Raqobatlashuvchi o‘zaro ta’sirli SOS modeli uchun Gibbs o‘lchovlari” mavzusidagi falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi Samarqand davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.30/30.12.2019.FM.02.01 raqamli Ilmiy kengashning 2024 yil 23 yanvar kuni soat 10:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: 140104, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 15-uy. Sharof Rashidov nomli Samarqand davlat universiteti.
Tel.: (+998 66) 231 06 31;
e-mail: patent@samdu.uz