Andijon davlat universitetida 2025-2026 o‘quv yili uchun kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha alohida iqtidor talab etadigan yo‘nalishlar bo‘yicha kasbiy ijodiy imtihonlar bo‘lib o‘tmoqda. Andijon davlat universitetida 2025-2026 o‘quv yili uchun kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha alohida iqtidor talab etadigan yo‘nalishlar bo‘yicha kasbiy ijodiy imtihonlar bo‘lib o‘tmoqda.
Andijon davlat universitetiga kunduzgi ta’lim shakli alohida iqtidor talab etiladigan 14 ta ixtisoslik yo‘nalishi bo‘yicha ijodiy imtihon topshirish uchun 1 ming 395 nafar abituriyent ro‘yxatdan o‘tgan.
Dastlabki kunlarda sport faoliyati (futbol, kurash) hamda rangtasvir (dastgohli) yo‘nalishlari abituriyentlari ijodiy imtihon topshirmoqda.
[gallery-24234]
Ijodiy imtihonlar ikki smenada, 7 - 17 iyul kunlari o‘tkazilishi belgilangan.
Imtihonlarning shaffof va adolatli o‘tishi mas’ullar tomonidan nazorat qilib borilmoqda. Imtihon o‘tkazilayotgan barcha hududlarga kuzatuv kameralari o‘rnatilgan. Bundan tashqari, kutish zali tashkil etilgan, jarayonlarni onlayn kuzatish tizimi yo‘lga qo‘yilgan. Ya’ni abituriyentlarning ota-onalari, umuman, barcha xohlovchilar imtihon jarayonlarini live.adu.uz platformasi orqali bevosita kuzatib borishi mumkin.
Abituriyentlarning sog‘ligini nazorat qilish uchun tibbiyot xodimlari, shuningdek, imtihonlar jarayonida xavfsizlikni ta’minlash uchun Milliy gvardiya, ichki ishlar xodimlari jalb etilgan.
F. Ubaydullayev, Z. Umrzoqov (surat), O‘zA muxbirlari