Abituriyentlarning ijodiy mahorati ko‘rikdan o‘tkazilmoqda
FOTOREPORTAJ
Namangan davlat universitetida 2025/2026 o‘quv yili qabuli uchun kasbiy (ijodiy) imtihonlar bo‘lib o‘tmoqda. Abituriyentlar 13 ta bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha imtihon topshiradi.
Kasbiy (ijodiy) imtihonlarning birinchi kunida "Dizayn: sanoat dizayni", "Rangtasvir: dastgohli", "Amaliy san’at: badiiy kulolchilik"," Vokal san’ati: an’anaviy xonandalik", "Cholg‘u ijrochiligi: xalq cholg‘ulari (rubob, qashqar va afg‘on rubobi)" hamda "Jurnalistika" yo‘nalishi bakalavriat bosqichi bo‘yicha hujjat topshirgan abituriyentlarning ijodiy qobiliyatini sinovdan o‘tkazildi.
[gallery-24251]
Imtihon jarayonini adolatli va shaffof o‘tkazish maqsadida universitet rahbariyati tomonidan barcha zarur tashkiliy va texnik chora-tadbirlar amalga oshirilgan
Kasbiy (ijodiy) imtihonlarning borishini masofadan turib, onlayn tarzda kuzatib borish imkoniyatining yaratilgani ota-onalar va keng jamoatchilik uchun jarayonning ochiqligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Hotam MAMADALIEV(surat),O‘zA