Abduvahobova Muqaddam Abdug‘opir qizining filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
“O‘zbek va fransuz tillarida “Oila” konseptining verballashuvi” mavzusida
Abduvahobova Muqaddam Abdug‘opir qizining 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi bo‘yicha “O‘zbek va fransuz tillarida “Oila” konseptining verballashuvi” mavzusidagi filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etgan dissertatsiya himoyasi Farg‘ona davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/30.12.2019.Fil.05.02 raqamli Ilmiy kengashning 2025 yil 22 may kuni soat 10:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: Farg‘ona shahri, B.Marg‘inoniy ko‘chasi, 105-uy.
Tel.: (99873) 244-57-82
e-mail: info@fdu.uz