Abdusattorov Budapeşt blitsida 22-örinni egalladi. Uning yagona ğalabasi Assubayevaga qarşi keçgan bahsda qayd etildi
Nodirbek musobaqani tezkor klassik şaxmat böyiça guruh bosqiçida davom ettiradi. U «A» guruhida, jumladan, Aronyan, Alireza Firuzja va Yan-Kriştof Duda bilan bahslaşadi.
Vengriya poytaxti Budapeştda ötkazilayotgan Total Çess World Çampionşip Tour Pilot 2026 turnirining dastlabki blits bahslari yakunlandi. Özbekistonlik grossmeyster Nodirbek Abdusattorov töqqiz turda 2,5 oçko jamğarib, 24 iştirokçi orasida 22-örinni egalladi. U bitta partiyada ğalaba qozondi, uçta bahsda durang öynadi va beşta uçraşuvda mağlub böldi.
Abdusattorov yagona ğalabasini oltinçi turda qozoğistonlik grossmeyster Bibisara Assubayeva ustidan qozondi. Qora donalarda öynagan hamyurtimiz 11-yurişda farzinini a5 katagiga olib çiqib, şoh berdi. Assubayeva şohini f1 katagiga surişga majbur böldi va rokirovka huquqidan ayrildi. 20-yurişda Abdusattorov fil bilan yana şoh berdi. Keyin esa g-piyodasi bilan oq donalarning f4 katagidagi filini oldi. Partiya 24-yurişda Abdusattorovning ğalabasi bilan yakunlandi.
Blits bahslarida norvegiyalik Magnus Karlsen 7 oçko bilan birinçi örinni egalladi. Fransiyalik Maksim Vaşe-Lagrav 6,5 oçko bilan ikkinçi, AQŞ vakili Levon Aronyan 6 oçko bilan uçinçi böldi. Abdusattorov musobaqani tezkor klassik şaxmat böyiça guruh bosqiçida davom ettiradi. U «A» guruhida, jumladan, Aronyan, Alireza Firuzja va Yan-Kriştof Duda bilan bahslaşadi.