Shu kunlarda AQSHning Missuri shtati markazi Sent-Luis shahrida o‘tayotgan “Saint Louis Rapid & Blitz-2024” turnirida dunyoning yetakchi 9 nafar shaxmatchisi qatorida hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorov ham kuchlilar qatoridan joy olish uchun dona surmoqda.

Turnirda Fabiano Karuana (AQSH, rapid 2777/ blits 2795), Yan Nepomnyashiy (Rossiya, 2753/ 2777), Xikaru Nakamura (AQSH, 2746/2874), Lener Dominges (AQSH, 2693/2651), Uesli So (AQSH, 2735/2782), Rameshbabu Pragnanandxa (Hindiston, 2688/2693), Nodirbek Abdusattorov (O‘zbekistan, 2732/2669), Levon Aronyan (AQSH, 2754/2727), Alireza Firuzdja (Fransiya, 2731/2869), Maksim Vashe-Lagrav (Fransiya, 2747/2795) ishtirok etmoqda.  

Mukofot jamg‘armasi 175 ming AQSH dollaridan iborat turnir 135 ta o‘yindan iborat bo‘lib, rapid musobaqalarning to‘qqiz turini, keyin esa o‘n sakkiz turdan iborat blits bahslarini o‘z ichiga olgan.  

Bugungacha nufuzli musobaqaning rapid musobaqalarining 6 ta turi ortda qoldi.  

O‘tkazilgan 6 ta tur o‘yinlari sarhisobiga ko‘ra, Yan Nepomnyashiy, Alireza Firuzdja, Maksim Vashe-Lagrav 8 ochko bilan yetakchilik qilayotgan bo‘lsa, hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorov Xikaru Nakamura, Uesli So, Fabiano Karuana, Rameshbabu Pragnanandxa qatorida 5 ochko bilan 6-10-pog‘onalarda bormoqda.  

Bugun, 14 avgust kuni turnirning 7- va 8-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tadi. Nodirbek Abdusattorov 7-turda oq donalarda Levon Aronyan bilan kuch sinashsa, 8-turda turnir yetakchisi Yan Nepomnyashiyga qarshi qora donalarda harakatlanadi.  

Aytish lozim, "Grand Chess Tour" tizimidagi mazkur nufuzli musobaqada shaxmatchilar qaysi o‘rinni egallashidan qat’iy nazar mukofot jamg‘armasida nazarda tutilgan mablag‘larga va kerakli reyting ballariga ega bo‘ladi.  

Musobaqalar 16 avgustga qadar davom etadi.  

T.Ro‘ziyev, O‘zA  

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Abdusattorov AQSHda “Saint Louis Rapid & Blitz-2024” bahslarida qatnashmoqda