“Sun’iy intellekt va kompyuter ko‘rishi yondashuvlaridan foydalangan holda turli xil muhitlarda yong‘inni aniqlash usullari va algoritmlari” mavzusid
Abdusalomov Akmalbek Bobomirzayevichning 05.01.11 – “Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt” ixtisosligi bo‘yicha “Sun’iy intellekt va kompyuter ko‘rishi yondashuvlaridan foydalangan holda turli xil muhitlarda yong‘inni aniqlash usullari va algoritmlari” mavzusidagi dissertatsiya himoyasiz ilmiy jurnallarda chop qilingan maqolalari asosida texnika fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan taqdimnoma himoyasi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.13/05.05.2023.T.07.03 raqamli Ilmiy kengashning 2025 yil 16 aprel kuni soat 14:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: 100084, Toshkent shahri, Amir Temur ko‘chasi, 108-uy. Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, E-bino, 101-xona.
Tel.: (99871) 238-64-70; faks: (99871) 238-64-43
e-mail: tuit@tuit.uz