O‘tgan asr avvalida yurtimizda vujudga kelgan jadidchilik harakatining yirik namoyandalaridan biri, shubhasiz, Abdurauf Fitrat edi. Milliy istiqlol yillarida Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Respublikasi davlat mukofoti bilan taqdirlangan allomaning hayoti va faoliyatini o‘rganish, tadqiq va targ‘ib etish o‘z davri uchun nechog‘li ahamiyat kasb etgan bo‘lsa, bugungi kun uchun ham shunday muhimdir.
Fitrat faoliyatining asos nuqtasini – negizida ijtimoiy ozodlik g‘oyasi bo‘lgan erkinlik va demokratik davlatning yangi konsepsiyasi tashkil qiladi. Bu esa, o‘z navbatida, uning ijtimoiy-siyosiy faoliyati bilan chambarchas bog‘liq.
Fitrat Buxoroda an’anaviy islomiy ta’lim olgan. Shu sababdan ham o‘z davrining boshqa ziyolilari kabi uning 1910 yil Istanbulga ketguniga qadar davrini qamrab olgan ilk siyosiy, ijtimoiy va g‘oyaviy sohalardagi faoliyati boshdanoq islomiy tafakkurga asoslandi. Turkiyada o‘qish va turli ishlar bilan shug‘ullangan yillarda esa (1910–1914) uning fikriy o‘sishi islom tafakkuriga yanada kuchliroq bog‘landi.
Abdurauf Fitrat shubhasiz XX asr birinchi choragi Markaziy Osiyo ziyolilarining eng ko‘zgan ko‘ringan va ta’sir doirasi kuchli bo‘lgan vakillaridan biri hisoblanadi.
"Jadidlar — millat qahramonlari" loyihasining bu galgi soni yozuvchi, shoir, jurnalist, siyosiy arbob va Turkiston jadidchiligining g‘oyaviy yetakchilaridan biri sifatida tanilgan — Abdurauf Fitratga bag‘ishlanadi.
Batafsil
<iframe width="640" height="480" src="https://www.youtube.com/embed/iRiy1vKp_s0?si=edj2X_e5ywlS7N0k" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>
M.Turdaliyeva, A.Ahmedov (O‘zA)