Shu kunlarda o‘zbek o‘g‘loni, O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi Abduqodir Husanov bilan bog‘liq xabarlar dunyo futbol muxlislari diqqat-markazida bo‘lib turibdi.

Bilasizmi, Abduqodirni voyaga yetkazgan va faoliyatidagi katta o‘zgarishlarga asosiy sababchi bo‘lgan inson uning otasi – Hikmat Hoshimov ham o‘z davrida O‘zbekiston futbolchilari orasida ajoyib o‘yinlari bilan nom qoldirgan.  

Hikmat Hoshimov 1979 yil 12 mayda Toshkent shahrida tug‘ilgan. U professional futbolchilik faoliyatini 1998 yili MHSKda boshlagan. Shundan so‘ng, o‘zining yarim himoya va himoya chizig‘idagi yorqin o‘yinlari natijasida 2001 yil So‘g‘diyona klubiga o‘tadi. Oradan ikki yil o‘tgach, Hikmat Hoshimov “Metallurg” tarkibiga qo‘shiladi, 2005 yilda esa “Lokomotiv” a’zosiga aylanadi. 2006-2008 yillarda himoyachi sifatida “Andijon”, “Nasaf” va “Metallurg” jamoalarida to‘p tepadi.  

2008 yil o‘zining sevimli “Metallurg” jamoasiga qaytadi. 2018 yilga qadar jamoa bilan turli musobaqalarda ishtirok etadi. 2016 yilgi milliy chempionatda Hikmat Hoshimov barcha 30 ta o‘yinda to‘liq, o‘zgarishlarsiz o‘ynagan yagona futbolchiga aylandi. 

Shuni ta’kidlab o‘tishimiz lozimki, Hikmat Hoshimov 2010 yilgi mavsumning ikkinchi yarmida 6 oy davomida “Bunyodkor” safida ijara asosida o‘ynaydi. Ushbu davr mobaynida mamlakat chempioni va kubogining oltin medallari bilan taqdirlanadi. 2018 yili “Metallurg” jamoasida futbolchilik faoliyatini yakunlaydi.  

Hikmat Hoshimov 2007-2008 yillarda O‘zbekiston terma jamoasi safida jami 13 ta o‘yinda ishtirok etib, 1 ta gol urgan. Uning termadagi ilk o‘yini 2007 yilning 7 fevral kuni Ozarbayjonga qarshi o‘tgan. O‘sha yili 23 mart kuni Tayvan terma jamoasiga qarshi o‘tgan uchrashuvda gol urgan va bu gol terma jamoamizga g‘alaba keltirgan.  

Ma’lumot o‘rnida: Hikmat Hoshimov klubda 4-raqam ostida, terma jamoa safida esa 13-raqamda maydonga tushgan. Shunisi ahamiyatliki, u 20 yillik faoliyati davomida 12 yil “Metallurg” safida maydonga tushgan. 

Yana bir ahamiyatli jihati, futbolchilik faoliyatidagi transfer narxi “Transfermarkt” portali tomonidan 150 ming yevroga baholangan. Sobiq futbolchi Hikmat Hoshimov o‘g‘li Abduqodir Husanovni ortiqcha bosimdan himoyalash uchun familiyasini o‘zgartirgan va bobosining familiyasini bergan. Hozirda Hikmat Hoshimov “Bunyodkor” U19 jamoasida murabbiylik qilmoqda.  

Javohir Toshxo‘jayev,

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Abduqodir Husanovning otasi Hikmat Hoshimov haqida siz bilmagan faktlar