Abduqodir Husanov: endi oldimda yangi maqsad turibdi
Shartnoma uzaytirilgach, hamyurtimiz klub rasmiy saytiga o‘z taassurotlarini gapirib berdi.
"Manchester Siti" klubi o‘zbekistonlik 22 yoshli himoyachi Abduqodir Husanov bilan 2031-yilgacha mo‘ljallangan yangi bitim tuzilganini e’lon qildi. Shartnoma uzaytirilgach, hamyurtimiz klub rasmiy saytiga o‘z taassurotlarini gapirib berdi.
"Bu men va oilam uchun juda muhim kun — "Manchester Siti"dagi faoliyatimni davom ettiradiganimdan juda xursandman. Manchesterga kelganimdan beri har bir daqiqadan zavq olyapman. Futbolchi sifatida sezilarli darajada o‘sib borayotganimni va ko‘p narsa o‘rganayotganimni his qilyapman.
Endi oldimda yangi maqsad turibdi — Enso Mareska hamda uning murabbiylar shtanida ijobiy taassurot qoldirish va asosiy tarkibdan mustahkam o‘rin olish. Bunga erishish uchun barcha imkoniyatimni ishga solaman.
"Siti" ishqibozlariga qo‘llab-quvvatlaganliklari uchun minnatdorchilik bildiraman. Bu Angliya va APLga moslashish jarayonida men uchun juda muhim edi. Endi faqat olg‘a intilaman. Jamoaga yangi muvaffaqiyatlarni qo‘lga kiritishda yordam berish uchun borimni berishga tayyorman", — deydi Husanov.