Abdunazarov Mansur Mexridinovichning texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
«Past zichlikdagi qog‘ozlar uchun ofset bosish jarayoni parametrlarini asoslash» mavzusida
Abdunazarov Mansur Mexridinovichning 05.02.03 – Texnologik mashinalar. Robotlar, mexatronika va robototexnika tizmlari yo‘nalishi ixtisosligi bo‘yicha «Past zichlikdagi qog‘ozlar uchun ofset bosish jarayoni parametrlarini asoslash» mavzusidagi texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti huzuridagi ilmiy DSc.03/30.12.2019.T.08.01 raqamli Ilmiy kengashning 2023-yil 6-iyun kuni soat 14:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: 100100, Toshkent sh., Yakkasaroy tumani, Shoxjahon ko‘chasi, 5.
Tel.: (99899) 100-09-01;
E-mail: ilmiy.kengash@bmtm.uz