Abdumalik Xalakov jahon chempionatida ikkinchi bo‘ldi
Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida o‘tkazilayotgan boks bo‘yicha IBA jahon chempionati final janglari qizg‘in o‘tmoqda.
Jahon chempionati doirasida vazni -60 kg. bo‘lgan mahoratli bokschimiz Abdumalik Xalakov so‘nggi hal qiluvchi final bahsida rossiyalik Vsevolod Shumkov bilan o‘tgan jangda imkoniyatni boy berib qo‘ydi va kumush medal bilan taqdirlandi.
Birozdan so‘ng, -67 kg. vazn toifasida Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev va Evgeniy Kool (Rossiya) dunyo birinchiligida tengsiz bo‘lish uchun raqobatlashadi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA