Abdullayeva Umida Umidovnaning tibbiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
“Bolalarda OIV infeksiyasini klinik-laborator kechuv xususiyatlari va ichakdagi mikroblar peyzajining buzilishi” mavzusida
Abdullayeva Umida Umidovnaning 14.00.10 – Yuqumli kasalliklar ixtisosligi bo‘yicha “Bolalarda OIV infeksiyasini klinik-laborator kechuv xususiyatlari va ichakdagi mikroblar peyzajining buzilishi” mavzusidagi tibbiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi Toshkent tibbiyot akademiyasi, Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazi huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSs.04/30.12.2019.tib.30.01 raqamli Ilmiy kengashning 2024-yilning 9-aprel kuni soat 13:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: 100109, Toshkent shahri, Olmazor tumani, Farobiy ko‘chasi, 2-uy. Toshkent tibbiyot akademiyasi.
Tel.∕faks: (+99878) 150-78-25;
e-mail: info@tma.uz