Abdullayev Sharofiddin Shaxobiddin o‘g‘lining kimyo fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
“Chilonjiyda va anjir mevalari asosida xalq tabobati uchun tovarlar olish va ularni sinflash” mavzusida
Abdullayev Sharofiddin Shaxobiddin o‘g‘lining “02.00.09 – Tovarlar kimyosi”, “14.00.41- Xalq tabobati” (kimyo fanlari) ixtisosligi bo‘yicha “Chilonjiyda va anjir mevalari asosida xalq tabobati uchun tovarlar olish va ularni sinflash” mavzusidagi kimyo fanlari falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi Andijon davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/29.10.2021.K/T.60.05 raqamli Ilmiy kengashning 2024 yil 11 yanvar kuni soat 10:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: 170100, Andijon shahri, Universitet ko‘chasi 129-uy, Andijon davlat universiteti asosiy binosi 5-qavat, 505-xona.
Tel.: (74) -223-88-30. Faks: (74) -223-84-33,
e-mail: agsu_info@edu.uz