Abdullayev Nodirbek Azatvoy o‘g‘lining texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
“Energiya samarador avtonom sovutgich qurilmasi” mavzusida
Abdullayev Nodirbek Azatvoy o‘g‘lining 05.05.01 – “Energetika tizimlari va majmualari” ixtisosligi bo‘yicha “Energiya samarador avtonom sovutgich qurilmasi” mavzusidagi texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi Toshkent davlat texnika universiteti huzuridagi DSc.03/10.12.2019.T.03.03 raqamli Ilmiy kengashning 2023-yil 25-avgust kuni soat 10:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: 100095, Toshkent shahri, Olmazor tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy, Toshkent davlat texnika universiteti, Energetika fakulteti, 219-xona.
Tel.: (99871) 246-46-00; faks: (99871) 227-10-32;
e-mail: tstu_info@tdtu.uz