Abdullayev Diyorjon Nodirjon o‘g‘lining tarix fanlari doktori (DSc) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
“O‘zbekistonda mukofotlash tizimining shakllanishi va rivojlanish bosqichlari” mavzusida
Abdullayev Diyorjon Nodirjon o‘g‘lining 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi ixtisosligi bo‘yicha “O‘zbekistonda mukofotlash tizimining shakllanishi va rivojlanish bosqichlari” mavzusidagi tarix fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi DSc.03/30.12.2021.Tar.26.03 raqamli Ilmiy kengashning 2023 yil 16 yanvar kuni soat 10:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: 100011, Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Bunyodkor ko‘chasi, 27-uy, Toshkent davlat pedagogika universiteti, 2-qavat, 203-xona.
Tel.: (99871) 276-75-26; faks: (99871) 276-76-51;
ye-mail: kengash@edu.uz