Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi tomonidan tarix fanlari doktori, professor Baxtiyor Hasanovning “Abdulla Qodiriyni eslab...” kitob-albomi taqdimoti o‘tkazildi.

Bu haqda Xalqaro islom akademiyasi matbuot xizmati ma’lum qilmoqda.

ZOOM platformasi orqali o‘tkazilgan tadbirda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi, Fanlar akademiyasining O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi, Abdulla Qodiriy uy va memorial muzeylari, O‘zbekiston Respublikasi Kinofotofonohujjatlar Milliy arxivi, Milliy gvardiya instituti, O‘zbekiston Milliy universiteti vakillari, oliy ta’lim maskanlari tarkibidagi Qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeylari rahbarlari, tarixchi mutaxassislar va talaba-yoshlar ishtirok etdi.

Anjumanda Vatanimiz istiqloli, xalqimizning ozodligi va erkinligi, kelajak avlodlarning tinch va farovon hayotini ta’minlash yo‘lida mardona kurash olib borib, mustabid tuzum davrida qatag‘on qilingan ajdodlarimiz xotirasini abadiylashtirish, ularning faoliyati va merosini o‘rganish hamda targ‘ib etish borasida bir qator ishlar amalga oshirilayotgani qayd etildi.

Abdulla Qodiriy o‘zbek romanchiligining asoschisidir. Uning asarlari nainki yurtimizda, balki xorijda ham o‘qiladi, hamon tadqiqotchilar tomonidan o‘rganiladi. Ayniqsa , "O‘tkan kunlar" romani dunyoning bir qator davlatlari olimlari, tarjimonlari tomonidan turli tillarga tarjima etilmoqda.

Afsuski, millat ozodligi, baxt-saodatiga butun iste’dodini bag‘ishlagan, jonini tikkan yozuvchi mustabid tuzumning qurboni bo‘ldi.

Davlatimiz rahbarining 2020 yil 8 okyatbrdagi “Qatag‘on qurbonlarining merosini yanada chuqur o‘rganish va ular xotirasini abadiylashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoyishida ko‘zda tutilgan maqsad va vazifalarga hamohang tarzda nashr etilgan mazkur kitob-albom Abdulla Qodiriyning hayoti, ijodiga oid muxtasar matnli ma’lumotlar hamda 150 dan ziyod fotosuratdan iborat. O‘zbek (lotin alifbosida), rus va ingliz tillarida tayyorlangan kitob-albom Germaniyaning Konrad Adenauer nomidagi fondning Markaziy Osiyodagi vakolatxonasining moliyaviy ko‘magida nashrdan chiqarildi.

Taqdimot marosimida tarixchi olimlar Aziz Tatibayev, Baxtiyor Hasanov yangi kitob-albom xususida so‘z yuritdilar.

Muallif tomonidan kitob-albomning tarkibiy tuzilishi, undagi ma’lumotlar manbalari xususida ma’lumotlar berilgani tadbir ishtirokchilarida katta qiziqish uyg‘otdi.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi professori, tarix fanlari doktori Saidakbar A’zamxo‘jayev ham to‘plam haqida fikr-mulohazalarini bildirib o‘tarkan, 2020 yil dekabr oyida Akademiya tomonidan “Mahmudxo‘ja Behbudiy diniy-ma’rifiy qarashlarining zamonaviy talqinlari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazilganligi hamda ushbu anjuman materiallari alohida to‘plam shaklida 2021 yilda nashr etilganligi ma’rifatparvar bobolarimiz merosini o‘rganishda alohida ahamiyat kasb etishini ta’kidladi.

Shuningdek, tarixchi olim jadid ma’rifatparvarlarining ilm-ma’rifat va yoshlar ta’lim-tarbiyasiga doir qarashlari va amaliy faoliyati, xususan, jadidchilik harakatining yetakchilari, shu jumladan, Abdulla Qodiriyning ma’rifiy, madaniy va ma’naviy merosini yoshlarga yetkazishning ahamiyati xaqida batafsil so‘zladi.

Ushbu kitob-albom ma’rifatparvar bobolarimiz faoliyatiga oid bilimlarni boyitishga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.

N.Usmonova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Abdulla Qodiriyni eslab...