Abdulla Qodiriy ko‘chasi bo‘ylab fotosayohat
Poytaxtimizning markaziy va aholi gavjum hududlaridan biri bo‘lgan Abdulla Qodiriy ko‘chasida keyingi yillarda amalga oshirilgan keng ko‘lamli obodonlashtirish ishlari samarasida zamonaviy va ko‘rkam maskan shakllandi.
Bugungi kunda mazkur ko‘cha nafaqat transport harakati uchun, balki sayr qilish va qisqa dam olish uchun ham qulay hududlardan biriga aylangan. Ayniqsa, bahor faslida bu yer yanada jozibador tus olib, piyodalar oqimi sezilarli darajada ortadi.
Ko‘cha nomi o‘zbek adabiyotining yirik namoyondasi, milliy romanchilik maktabi asoschilaridan biri bo‘lgan Abdulla Qodiriy xotirasiga atab qo‘yilgan.
[gallery-28646]
Muxtasar aytganda, mazkur ko‘cha shunchaki shahar xaritasidagi manzil emas, balki o‘tmish va bugunni bog‘lovchi madaniy makondir. Bahoriy tarovat bilan uyg‘ongan bu hudud har bir tashrif buyuruvchiga milliy adabiyot va ma’naviyatimiz go‘zalligini yana bir bor eslatadi.
Mumtozbegim Abdumo‘minova, O‘zA