O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi tomonidan atoqli o‘zbek yozuvchisi Abdulla Qahhor uy-muzeyiga press-tur tashkil etildi.

O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti talabalari va jurnalistlar uchun tashkil etilgan press-turda muzey rahbariyati va tadqiqotchilar muassasa faoliyati haqida ma’lumot berdi.

Ushbu adabiy memorial majmuada Abdulla Qahhor oilasi bilan 1958-1968 yillarda yashab, ijod qilgan. Muzey adib vafotidan 20 yil o‘tib, 1988 yilda tashkil etilgan. Majmua 4 ta xona, ayvon, kichik hovli va asosiy kirish yo‘lagidan tashkil topgan. Muzey fondida qariyb 5 ming eksponat bor. Uy-muzeyda kitob, hujjat, qo‘lyozma, fotosuratlar, o‘sha davrni eslatib turuvchi turli xil eksponatlar mavjud.

Ekspozitsiyaning memorial qismi yozuvchining ijodxonasi, kutubxona va mehmonxonadan tashkil topgan. Shuningdek, uy-muzeydan adib feleton va hikoyalarining qo‘lyozmalari, gazeta va jurnallar, shaxsiy hujjatlari, mukofotlari saqlanadi.

– Abdulla Qahhor shogirdparvar yozuvchi bo‘lgan, – deydi uy-muzey direktori Sanobar Matlubova. – Dastlab, Ko‘kchada ayollari bilan yashagan. U yerdagi hovlisini shogirdi Ma’ruf Hakimovga bergan. Ishchilar shaharchasidagi hovlisini Said Ahmadga berib, o‘zi boshqa joyga ko‘chib o‘tadi. Adib umrining oxirgi yillari uy-muzey qilingan xonadonda o‘tgan. Uy-muzeyi mehmonlar, tadqiqotchilar, Abdulla Qahhor ixlosmandlari uchun tekin faoliyat yuritadi. Muassasamizda talaba-yoshlar, maktab o‘quvchilari uchun tez-tez ochiq eshiklar kuni tashkil etib turamiz. Muzey eksponatlari ham yildan-yilga ortib bormoqda.

Abdulla Qahhor tavalludining 115 yilligi, uy-muzeyning 35 yilligi munosabati bilan binoga o‘zbek, ingliz, rus, yapon va fransuz tilida eksponatlar haqida ma’lumot beruvchi maxsus qurilma o‘rnatilgan. Shunday bo‘lsada binoning ta’mirga va zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlanishga ehtiyoji bor. Zero, eksponatlar uzoq va sifatli saqlanishida bino va jihozlarning o‘rni alohida ahamiyatga ega.

Dilobar Mamatova, O‘zA muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Abdulla Qahhor uy-muzeyi fondida qariyb 5 ming eksponat mavjud