O‘zbekiston Qahramoni, O‘zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripov she’rlarini muxlislar talashib, bir-birlaridan so‘rab-surishtirib o‘qishadi.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida xalqimizning sevimli shoiri xotirasiga bag‘ishlangan adabiy anjuman hamda “Buyuk soddalik” va “Ummon bo‘yidagi o‘ylar” kitoblarining taqdimoti o‘tkazildi. Unda bu jihatlar yana bir karra namoyon bo‘ldi. 

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi, xalq shoiri Sirojiddin Sayyid, O‘zbekiston Qahramoni, ustoz adabiyotshunos olim Ibrohim G‘afurov va boshqalar Abdulla Oripov she’riyati milliy adabiyotimizda alohida mavqega ega ekanini ta’kidladi. 

–Adabiyotga e’tibor bundan buyon ham kuchaysa kuchayadiki, aslo kamaymaydi, – dedi Sirojiddin Sayyid. – Vatan adabiyotini har bir o‘zbek bolasi mukammal bilmog‘i kerak. Ustoz Abdulla Oripov milliy adabiyotimizda katta maktab yaratgan betakror ijodkor, desak yanglishmaymiz. 

– Abdulla Oripov she’riyati o‘zlikni tanitadigan, milliy g‘ururni uyg‘otadigan, xalqni jipslashtiradigan she’riyatdir, – dedi Oliy Majlis Senati a’zosi Abdurahim Erkayev. – Bu she’rlar inson qalbida kechayotgan tuyg‘ularni uning o‘zi anglamagan holda ko‘rsatib qo‘yadi. Bu she’riyat qalbni poklaydi, insonni mayda-chuyda, bachkana fikrlardan ozod etib, katta, buyuk g‘oyalar sari yetaklaydi. Qalbdagi uchqunlarning alanga olishida Abdulla Oripov she’riyati yordam beradi. 

– Abdullajon bilan birga o‘qiganmiz, – dedi G‘afur G‘ulom uy-muzeyi direktori Olmosxon Ahmedova. – Uning ilk she’rlarini katta xursandchilik bilan kutib olganmiz. She’rlari qalbga juda qattiq ta’sir etadi. Abdullajon ustoz G‘afur G‘ulomni juda yaxshi ko‘rar edi. Shoir vafotiga bag‘ishlangan she’rida G‘afur G‘ulomning butun hayoti, o‘tmishini mahorat bilan ko‘rsatib bera olgan. Abdullajonni davralarda odamlar juda boshqacha, alohida mehr, ehtirom bilan qabul qilar edi. Bu xalqimizning shoirga bo‘lgan cheksiz hurmati ifodasidir. 

Adabiyotshunos olim Nurboy Jabborovning fikricha, Abdulla Oripov o‘zbek she’riyatini jahoniy tafakkur, dunyoviy miqyosga olib chiqa olgan ijodkor edi. Uning she’rlarida yuksak badiiyat, katta hayot falsafasi, zalvorli g‘oyalar mujassam. 

Xo‘sh, shoirning yangi nashr etilgan kitobida qanday ijod namunalari o‘rin olgan? “Buyuk soddalik” kitobida shoir ijodining ilk kezlarida qalamga olingan mavzular, badiiy g‘oya va tushunchalar keyinchalik o‘ziga xos ko‘lam kasb etdi. Oddiydek ifoda etilgan fikrning quyuq va teranligi, mazmunining favqulodda go‘zal shakldagi ifodasi kitobxon e’tiborini jalb etmay qolmaydi. Kitobda ana shunday teran fikrlarni ifodalagan to‘rtliklar keltirilgan. 

“Ummon bo‘yidagi o‘ylar” kitobi esa shoirning Amerika Qo‘shma Shtatlarida bitgan falsafiy mushohadalari, yurt sog‘inchi va hayratdan iborat bo‘lgan benazir satrlar majmuasidir. She’riy to‘plam shoirning musofirlikda, Vatandan yiroqda his etgan hissiyotlari dunyosiga kitobxonni olib kiradi. Kitobni varaqlab ilhom, ijod zavqi shoirni bir lahza bo‘lsa-da tark etmaganiga guvoh bo‘lish mumkin. 

– Abdulla aka she’rlarini xalq o‘qishini juda xohlardilar, – dedi shoirning umr yo‘ldoshi Hanifa Mustafoyeva. – Shuning uchun ham she’r yozar edilar. She’rlari chiqmay qolgan paytlar ham bo‘ldi. 2015-2016 yillarda AQSHga bordik. Avvallari xizmat yuzasidan ko‘p marta xorijga borgan bo‘lsalar-da, bunday erkin tarzda birinchi marta chetga chiqishlari edi. Uch oyda 120 dan ziyod she’r yozdilar. Bu she’lar Alisher Nazar orqali internetda chiqdi. Yangi kitoblarda Abdulla akaning yuragida o‘zi bilan olib ketgan iztirobli she’rlari bor. 

– Otamning nomlarini abadiylashtirish bo‘yicha ko‘plab ishlar olib borilmoqda, – dedi shoirning farzandi Shoira Oripova. – Deyarli har kuni otam xotirasi bilan bog‘liq yangiliklar bizga kelib turadi. Bu bizlarni juda hayajonga soladi. Otamni ko‘rgan, uni qadrlagan insonlar biz uchun ham g‘oyat qadrli. 

Adabiy tadbirda shoirning ijodi, uning yangi kitoblari xususida fikrlar bildirildi. Ustoz ijodkor she’rlaridan namunalar o‘qildi. 

Nazokat Usmonova, Ahmad To‘ra (surat), O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Abdulla Oripovning “Buyuk soddalik” va “Ummon bo‘yidagi o‘ylar” nomli kitoblari chop etildi 