Toshkentda o‘tayotgan sport gimnastikasi bo‘yicha Osiyo chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Abdulla Azimov yakkalik yo‘nalishining ko‘pkurash dasturida 82.431 ball jamg‘arib, “Parij-2024” yozgi Olimpiya o‘yinlari yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi va mazkur sport turi bo‘yicha yangi chahifa ochdi.

Shuni ta’kidlab o‘tish lozimki, A.Azimov musobaqada uchinchi o‘rinni egalladi. Biroq birinchi va ikkinchi o‘rin egalari hisobida Olimpiada yo‘llanmasi bo‘lgani bois litsenziyasi yo‘q atletlar orasida eng yuqori natija qayd etgan sportchimizga “Parij-2024”yo‘llanmasi berildi.  

Shu tariqa, sport gimnastikasi bo‘yicha O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi tarixida birinchi bor Olimpiya o‘yinlarining uchta yo‘llanmasiga sazovor bo‘ldi.  

 Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Abdulla Azimov “Parij-2024”ga boradi