Bugun “O‘zbekgidroenergo” AJ boshqaruvi raisi Abdug‘ani Sanginov boshchiligidagi ishchi guruh “UzHydroPower” zavodiga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida ishchi guruh zavodda o‘rnatilgan zamonaviy asbob-uskunalar, qurilish-montaj ishlarining kechishi hamda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar bilan yaqindan tanishdi. Ayni paytda bu yerda quvvati 40 MVtgacha bo‘lgan gidroagregatlar, shuningdek, turli texnik ehtiyojlar uchun ehtiyot qismlar tayyorlanmoqda. 

Jamiyat axborot xizmatiga ko‘ra, Toshkent viloyatidagi mazkur korxona Xitoyning “Zhejiang Jinlun Electromechanic Co., Ltd.” kompaniyasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan bo‘lib, u zamonaviy gidroagregatlar va ular uchun ehtiyot qismlarni “Made in Uzbekistan” brendi ostida mahalliylashtirib ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. 

Shundan so‘ng zavodda boshqaruv raisi ishtirokida ishchi yig‘ilish ham o‘tkazildi. Yig‘ilishda qurilish ishlari sifatini oshirish, yong‘in xavfsizligi va signalizatsiya tizimlarini joriy etish, videokuzatuv va aloqa tizimlari integratsiyasi, ishchilar uchun qulay mehnat sharoitlarini yaratish, ma’muriy binolarni mebel bilan jihozlash, hududni obodonlashtirish, yangi uskunalarni yetkazib berish va o‘rnatish ishlari kabi masalalar muhokama qilindi. 

Bundan tashqari, Namanganda qurilayotgan “Norin GES–1” uchun zarur bo‘lgan gidrotexnik jihozlarni tayyorlash, mikro GESlar uchun agregatlar ishlab chiqarish ham doimiy e’tiborda ekani ta’kidlandi. Texnik va konstruktorlik yo‘nalishidagi vazifalar yuzasidan mas’ullarning hisobotlari eshitildi. 

Yig‘ilish yakunida boshqaruv raisi tomonidan aniq vazifalar belgilab berildi va ularning o‘z vaqtida hamda sifatli bajarilishi yuzasidan ko‘rsatmalar berildi. 

N. Ziyodullayeva tayyorladi, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Abdug‘ani Sanginov “UzHydroPower” zavodi faoliyati bilan tanishdi