Abdiolimov Mirodil Xasanboy o‘g‘lining tibbiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
“O‘tkir ishemik insultni tashxislash va oldini olishda magnit-rezonans spektroskopiyaning o‘rni va ahamiyati” mavzusida
Abdiolimov Mirodil Xasanboy o‘g‘lining 14.00.43 – Profilaktik tibbiyot ixtisosligi bo‘yicha “O‘tkir ishemik insultni tashxislash va oldini olishda magnit-rezonans spektroskopiyaning o‘rni va ahamiyati” mavzusidagi tibbiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.06/2025.27.12.Tib.21.02 raqamli Ilmiy kengashning 2026 yil 4 aprel kuni soat 10:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: Farg‘ona shahar, 150100, Ozodlik ko‘chasi, 1-uy. Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti 2-o‘quv binosi.
Tel.: +998(95) 202-23-45; Fax: +998(95) 202-23-45;
e-mail: info@fjsti.uz