Poytaxtimizdagi O‘zbek Milliy akademik drama teatrida Muxtor Avezovning «Abay» spektakli namoyishi bo‘lib o‘tdi.

Atoqli adib Muxtor Avezov «Abay tarixiy dramasini yaratguncha uzoq ijodiy izlanishlari olib borgan. Natijada dastlab «Abay» romani yuzaga keldi. Bu asar turkiy xalqlar adabiyot muxlislari o‘rtasida o‘z paytida sevib mutolaa etildi, mashhur bo‘ldi.  

O‘sha paytda shakllanib kelayotgan qozoq teatri uchun o‘z xalqining tarixini anglash nihoyatda muhim edi. Iste’dod ko‘lami g‘oyat ulkan bo‘lgan Muxtor Avezov bu ma’naviy bo‘shliqni to‘ldirish uchun teatr asari yaratish zarurligini angladi. Natijada o‘z davrida katta dovro‘g‘ qozongan «Abay» tarixiy asari yaratildi.  

Asar turkiy xalqlarda shuhrat topgan qozoq shoiri Abayning kurashlarga to‘la hayoti haqida hikoya qiladi. Har bir ijodkor kabi o‘z zamonasidan ilgarilab ketgan, istiqbolini, taraqqiyot odimini his etgan shoirning eskilik, qoloqlik bilan kurashi mazkur spektaklda yorqin ochib berilgan.  

Asarda shoir yashagan davrdagi murakkab voqelik, ko‘plab odamlarning taqdiri bir-biriga bog‘liq holda va keskin ziddiyatli munosabatlar vositasida o‘ziga xos tarzda ko‘rsatilgan.  

Darhaqiqat, Abay o‘z xalqining kelajagiga ishonadi. U qozoqlar urug‘laru qavmlar aro janjal va tortishuvlardan voz kechib, yagona xalq sifatida yashashi yo‘lida o‘z kuch-g‘ayratini, ijodini safarbar etadi. Abay kelajakka umid bilan yashaydi. Barcha xalqlarning do‘stona umrguzaronlik qilishga astoydil ishonadi...  

Mazkur asar ko‘p yillar o‘tib, O‘zbek Milliy akademik drama teatrida qayta sahnalashtirildi. Uni ona tilimizga adib Nosir Fozilov tarjima qilgan edi.  

– «Abay» asari ancha yillar avval teatrimizda sahnalashtirilgan edi, – dedi taniqli rejissyor, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist, Qoraqalpog‘iston san’at arbobi Marat Azimov. – Uni Ozarbayjon Mambetov sahnaga qo‘ygan edi. O‘sha paytda Abay rolini O‘zbekiston xalq artisti Yoqub Ahmedov ijro etgandi. Endi esa Abayni O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist Mahmud Ismoilov ijro etmoqda. Spektakl ikki xalq o‘rtasidagi do‘stligimizni ravnaq topshirishga xizmat qiladi.  

Darhaqiqat, ushbu spektakl ulug‘ mutafakkir Abayning murakkab hayot yo‘li, ma’rifatga chorlovchi ijodi haqida yorqin va ta’sirli tarzda hikoya qilishi bilan ahamiyatlidir.  

Spektakl sahna bezaklari teatr rassomi, O‘zbekiston san’at arbobi Baxtiyor To‘rayev tomonidan yaratilgan.  

Nazokat Usmonova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
"Abay" spektakli – ikki xalq o‘rtasidagi do‘stlik timsolini namoyish etgan sahna asari