Ikki abadiy do‘st, ikki abadiy tug‘ishgan, ikki abadiy birodar o‘zbek va qozoq xalqlarining asrlar, nasllar sinovidan o‘tgan azaliy hamjihatligi metindan mustahkam rishtalarga ega. Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning qadrdon qo‘shni yurt – Qozog‘istonga tashrifi, Ostona shahridagi ikki  tomonlama oliy darajadagi uchrashuvlar, buyuk shoirimiz Navoiy haykali ochilishi tantanasi hamda Markaziy Osiyo va Ozarbayjon davlatlari rahbarlari Maslahat uchrashuvidagi ishtiroki mamlakatimizning barcha fuqarolari qatori biz, adiblarni ham behad quvontirdi.

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart Toqayev o‘zbek xalqining ulug‘ farzandi, shoir va mutafakkir Alisher Navoiy haykalini ochish marosimida ushbu obida ikki xalq orasidagi beqiyos o‘zaro hurmatning yorqin ifodasi ekanini ta’kidladilar. G‘azal mulkining sultoni sharafiga qad roslagan muhtasham haykal qozoq xalqining o‘zbek dahosiga ehtiromidir. Bir necha yildan buyon poytaxtimiz markaziy maydonlaridan birini bezab turgan qozoq adabiyoti mumtoz namoyandasi, buyuk Abay Qo‘nonboyev haykali o‘zbek elining qardosh xalq mutafakkiriga cheksiz hurmatini ifodalaydi. Navoiy va Abay ijodi nafaqat tug‘ishgan ikki xalqni, balki butun jahon ahlini tinchlik, do‘stlik, mehr-oqibatga chorlab kelmoqda.

– Buyuk faylasuf va insoparvar shoir Alisher Navoiyning ijodiy merosi nafaqat o‘zbek xalqiga, balki butun dunyoga tegishli noyob boylikdir, – dedi O‘zbekiston Prezidenti. – Navoiy asarlari XVI asrdayoq italyan va nemis tillariga tarjima qilingan bo‘lsa, bugungi kunda dunyoning deyarli barcha tillarida yangramoqda. Asrlar davomida hayotning o‘ziga xos ensiklopediyasi bo‘lgan uning ijodi millionlab insonlarni hayratga solib, ruhlantirib kelmoqda. Ishonchim komilki, Alisher Navoiy haykali ikki xalq o‘rtasidagi do‘stlik va qardoshlik rishtalarining yana bir yorqin ramziga aylanadi, uning merosi esa yana ko‘plab avlodlarni buyuk yutuqlarga ilhomlantiradi!

O‘zbek va qozoq ellarining abadiy do‘stligi allaqachon adabiy do‘stlikka aylanib ketgan. Bu birodarlik sarchashmasida atoqli adiblarimiz Oybek va Muxtor Avezov, G‘afur G‘ulom va Sobit Muqonov, Mirtemir va Abdilda Tojiboyev turdilar. Ikki xalq adabiyoti o‘rtasida ikki karra O‘zbekiston davlat mukofoti laureati, Qozog‘istonning bir necha nufuzli mukofoti sohibi Nosir Fozilov oltin ko‘prik edi. Atoqli adib Qozog‘istonda O‘zbekiston, O‘zbekistonda Qozog‘iston yillari o‘tkazilishiga guvoh bo‘ldi. Aynan aziz ustozimiz da’vati bilan biz o‘z tarjimalarimiz asosida “Qozoqning qirq oqinidan qirq o‘lan”, “Oqquv qanotiga qo‘ngan ohanglar” kitoblarini nashrdan chiqardik. Ushbu asarlarga ko‘plab qozoq shoirlari she’rlaridan namunalar joylandi. Davlatimiz rahbarining Abay Qo‘nonboyev ijodini keng targ‘ib etishga qaratilgan qaroriga javoban buyuk adibning “Ko‘zimning qorasi” kitobini tarjima qilib chop ettirdik. Bu ishlar izchil davom ettirilyapti. Abadiy do‘stlikning eng ishonchli, yagona omili barcha sohalar, jumladan gumanitar yo‘nalishdagi hamkorlikni yanada mustahkamlashdir. Biz, adiblar muntazam ravishda bu olijanob ishga o‘zimizning munosib ulushimizni qo‘shamiz!

Yangiboy QO‘CHQOROV,

Yozuvchilar uyushmasi a’zosi,

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Abadiy do‘stlikning yagona yo‘li