Tashqi kiyim kvotalariga ehtiyoji mavjud dunyo mamlakatlarining Qo‘shma Shtatlar va Yevropa davlatlari bilan savdo imtiyozlari bor bir paytda Bangladesh xalqi to‘qimachilik, tikuvchilik, trikotaj sanoatini muvaffaqiyatli rivojlantirib, jahon savdo-sotiq hayotida o‘z o‘rniga ega bo‘lib bormoqda.

Eksport-import faoliyati doirasida mamlakatimizning mazkur davlat bilan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yishi ikkala tomon uchun ham manfaatli bo‘ladi, desak adashmaymiz.

O‘zbekiston-Bangladesh davlatlari o‘rtasida ikki tomonlama tovar ayirboshlash hajmlarini orttirish maqsadida Bangladesh xalq respublikasining O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Muhammad Jahongir Alam bilan Eksportchilar uyushmasi raisi Muxtor Umarov hamda uyushmaning tashqi aloqalar bo‘limi yetakchi mutaxassisi Husniddin Ismoilov ishtirokida diplomatik suhbat bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida qishloq xo‘jaligi, to‘qimachilik sanoati tarmoqlarida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish orqali savdo-iqtisodiy va investitsiya aloqalarini kengaytirishni yo‘lga qo‘yish masalalari ko‘rib chiqildi. Janob elchi Muhammad Jahongir Alam tomonidan Bangladesh xalq respublikasining iqtisodiy salohiyati, eksport-import darajasi, tabiati, qishloq xo‘jaligi, sanoatiga doir ma’lumotlar berib o‘tildi.

Iqtisodiyoti diversifikatsiyalanmagan, turmush darajasi past sanalgan, shuningdek, dunyoning rivojlanmagan mamlakatlaridan biri bo‘lib qolayotgan Bangladesh davlati so‘nggi yillarda to‘qimachilik, tikuvchilik, trikotaj sanoatining muvaffaqiyatli taraqqiy topishiga erishdi. Xususan, jahondagi kiyim-kechaklarning ikkinchi eksportchisi va AQSHning katta sig‘imli bozorlariga eng katta mahsulot yetkazib beruvchilardan biriga aylandi.  

So‘nggi yillardagi ma’lumotlarga ko‘ra, mazkur davlatning tikuvchilik va to‘qimachilik sohasida 7 mingga yaqin korxona mavjud bo‘lib, ularda 5,1 milliondan ortiq kishi ishlaydi. Kiyim ishlab chiqaruvchilar hamda eksport qiluvchilar uyushmasiga qarashli 4500 fabrikada 4 million ishchi faoliyat yuritadi. "Bangladesh Textile Mills Corporation" (BTMS) davlat korxonasi hozirda 18 ta davlatga tegishli to‘qimachilik fabrikalariga egalik qiladi, shu bilan bir qatorda, ularni boshqaradi.

Bangladesh dunyodagi to‘qimachilik mahsulotlarini eksport qiluvchi eng yirik mamlakatlardan biridir. Xususan, davlatning 2018 yilda eksport hajmi 11 milliard dollarni tashkil etgan, bu butun jahon to‘qimachilik eksportining 3,3 foiziga to‘g‘ri keladi. Mamlakatdagi import qilingan paxtaning 40% dan ortig‘i ip va matolar, 80% i yigiruv hamda tikuvchilik fabrikalari tomonidan eksport mahsulotlarini ishlab chiqarishda foydalaniladi. Bangladesh paxtani 42 mamlakatdan import qiladi. Ushbu davlatga yirik miqdorda paxta yetkazib beruvchilar Hindiston (jami paxta importining 26%), O‘zbekiston (16%), AQSH (9%), Mali (8%), Avstraliya (7%), Turkmaniston (7%), Burkina, Faso (5%) davlatlari hisoblanadi. Mamlakatimiz iqtisodiyotning to‘qimachilik, tikuvchilik, trikotaj sohalarini rivojlantirish rejalarini hisobga olgan holda Bangladeshdan samarali tajribani o‘rganish ham mumkin. Shu sababli, savdo aloqalari bo‘yicha ushbu davlat bilan samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bir emas, bir qancha tomondan manfaatli sanaladi.

Bangladeshdagi ip yigiruvchilarning aksariyati paxtaga bo‘lgan ehtiyojining 70 foizini Markaziy Osiyo, asosan, O‘zbekiston va Turkmanistondan oladi. Ip yigiruvchilar HVI (High Volume Instrument) tizimi yordamida o‘lchangan tolalar to‘g‘risida oldindan tayyorlangan ma’lumotga ega bo‘lishadi. Ushbu davlatning asosiy eksport mahsulotlari ro‘yxatiga tayyor kiyim-kechaklar, qisqichbaqalar, jut, charm buyumlari va choy kiradi. Mamlakatning umumiy savdosida kiyim-kechak eksporti 81% ni tashkil etadi. Xususan, oxirgi ikki yilda Bangladeshda

• shimlar 6,4 milliard;

• kurtkalar 4 milliard;

• futbolkalar 6,3 milliard;

• sviterlar 3,7 milliard dollar miqdorda eksport qilingan.

Uchrashuv davomida Bangladesh xalq respublikasining O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Jahongir Alam o‘z davlatida paxta importi uchun ehtiyoj katta miqdorda borligini bir necha marotaba ta’kidlab o‘tdi. U O‘zbekiston paxtasini «Oq oltin» deya ta’rifladi.

Manbalarda keltirilishicha, davlatga paxtani olib kirish jarayoni juda oddiy. Buning uchun import qiluvchi sub’ekt import va eksport nazorati idorasida ro‘yxatdan o‘tkazilishi, shuningdek, ARM deb nomlanuvchi importni ro‘yxatdan o‘tkazish guvohnomasiga ega bo‘lishi kerak. Ushbu sertifikat har yili yangilanganlik uchun to‘lanadigan badal evaziga qaytarib beriladi. Bangladeshga paxta importi uchun bojxona boji olinmaydi.

Bangladesh davlatida to‘qimachilik sanoati bo‘yicha oluvchi hamda sotuvchi o‘rtasida aniq va to‘g‘ri tushunishni ta’minlash uchun barcha xaridlar quyidagi shartnomalar orqali amalga oshiriladi:

 Sifat (Shtap uzunligi, mikroneyr oralig‘i, presslilik diapazoni (quvvat o‘lchovi), bir xillik, qisqa tolaning foizi, paxta bo‘lmagan tarkibning foizi, yopishqoqlikning toqat qilinadigan darajasi va boshqalarni aniqlaydigan sinf namunasi yoki tavsifiga asoslanadi);

 Shartnoma majburiyatlarining sifati yoki bajarilishi to‘g‘risidagi nizolarni hal qilish tartibi;

 Kontaminatsiya yoki yopishqoqlik uchun javobgarlik;

 Valyuta, og‘irlik va yetkazib berish joyi hamda jo‘natish muddatlari bo‘yicha narx;

 Qisman yetkazib berishga ruxsat berilish-berilmaslik, qayta yuklashga ruxsat berilish-berilmaslik, konteynerlarda yoki katta miqdordagi yuk tashuvchilarda mahsulot olib kelish, yuk porti va belgilangan manzil nizomlari.

To‘qimachilik korxonalari paxtani, asosan, xalqaro savdo uylari orqali import qiladi. Xorijiy savdogarlarning Dakada vakili bor bo‘lib, ular indenter vazifasini bajaradilar. Paxta sotib oluvchi kompaniyalar xaridorlarga o‘zlarining talablarini inobatga olgan holda murojaat qilishadi va imtiyozlar, narxlar bo‘yicha to‘liq spesifikatsiyalar hamda tafsilotlar bilan ularni hamkorlikka taklif qilishadi.

Elchi janoblari bangladeshliklarning aksariyati musulmonlardan iboratligi va ular mamlakat aholisining 89,5 foizi tashkil etishi, diniy qarashlar, milliy urf-odatlar jihatidan ham bu ikki mamlakatning o‘xshashligi va o‘zaro yaqinligini alohida ta’kidlab o‘tdi. Shuningdek, Jahongir A’lam tomonidan Bangladesh sanoati haqida ham bir qancha ma’lumotlar taqdim etildi:

- Mamlakatning sharqiy va shimoliy hududlarida shakar zavodlari, Chittagong va Silxet tumanlarida choy zavodlari faoliyat yuritadi. Sellyuloza ishlab chiqarish ya’ni qog‘oz sanoati yaxshi rivojlangan. Xususan, Silhet tumanida bambukdan, Xulnada - kartondan qog‘oz tayyorlanadi. Hozirda Osiyo ishbilarmon doira vakillari Bangladeshda qo‘shma korxonalar tashkil etishga faol qiziqish bildira boshlaganlar. Davlatdagi kiyimlarning deyarli 80%i paxtadan, qolganlari poliyester, viskoza va boshqa materiallardan tikiladi. Bangladeshning paxta xomashyo bazasi mamlakatda ishlab chiqariladigan to‘qimachilik mahsulotlari uchun yetarli emas. Sifatli paxta tolalarini xarid qilish maqsadida Bangladesh O‘zbekiston bilan hamkorlik aloqalarini yanada ko‘proq yo‘lga qo‘yishga tayyor.

Suhbatda O‘zbekiston Eksportchilar uyushmasi raisi Muxtor Umarov O‘zbekistonning iqtisodiy salohiyati, Eksportchilar uyushmasining tadbirkorlarga ko‘rsatadigan xizmatlari haqida batafsil ma’lumotlarni aytib o‘tdilar. Ularning ta’kidlashicha, O‘zbekiston Eksportchilar uyushmasi o‘z a’zolariga quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha xizmat ko‘rsatadi:

1. Uyushma tomonidan asos solingan O‘zbekistondagi birinchi onlayn savdo do‘koni – «O‘zbekmart» elektron shourumiga mahsulotlarni joylashtirish;

2. Xorijiy davlatlardan kelgan savdo takliflarini taqdim etish;

3. Eksportyorlarning faoliyatiga doir bo‘lgan birlamchi huquqiy maslahatlarni berish;

4. Xorijiy mamlakatlarda bo‘lib o‘tadigan ko‘rgazmalarda bepul yoki chegirma asosida ishtirok etishga ko‘maklashish;

5. Transport-logistika, bojxona rasmiylashtiruvi bilan bog‘liq masalalarda huquqiy maslahatlar berish;

6. Respublika bo‘ylab mehmonxonalardan chegirmalar taqdim etish (ro‘yxat bo‘yicha);

7. Davlat idoralari bilan aloqalar o‘rnatish, eksport va marketing sohalari bo‘yicha malaka oshirish seminar-treninglarida ishtirok etishda amaliy yordam ko‘rsatish;

8. Jahon va mahalliy ommaviy axborot vositalarida chegirma asosida reklama berishga ko‘maklashish.

Muxtor Umarovning fikriga ko‘ra, mazkur yilda Bangladeshning ta’sirchan iqtisodiy muvaffaqiyati ko‘plab mamlakatlar ommaviy axborot vositalarida muhokama mavzusiga aylandi. Sababi, rivojlangan davlatlar Covid-19 global pandemiyasi tufayli salbiy o‘sishni boshdan kechirayotgan bo‘lsa, Bangladeshda yuqoridagi vaziyatning aksi o‘laroq, bu borada ijobiy natijalar qayd etildi. Shu nuqtai nazardan, Bangladeshning iqtisodiy kuch sifatida ko‘tarilib borayotganligini alohida ta’kidlab o‘tish lozim.

Bangladesh YAIM si 2009 yildagi 102 milliard AQSH dollaridan 2019 yilda 302 milliard AQSH dollarigacha o‘sdi. Tovar va xizmatlar eksport-importining umumiy qiymati YAIMning 38,2 foiziga teng sanaladi. Xalqaro Valyuta Jamg‘armasi (XVF) 2020 yil oktyabr oyida «Jahon iqtisodiy istiqbollari: uzoq va qiyin ko‘tarilish» deb nomlangan hisobotida Bangladesh xalqi jon boshiga YAIM 1888 AQSH dollarini tashkil etib, Hindistonga yetib olganligini ta’kidladi. Ma’lumot uchun, bir necha yillar oldin Hindistonda aholi jon boshiga YAIM Bangladeshnikiga nisbatan 40 foizga yuqori edi.

Bangladesh elchisi turizmni rivojlantirish borasida ham bir qancha takliflarni aytib o‘tdi. Yurtimizda Imom al-Buxoriy, Naqshbandiy, Termiziy, milliy qahramon Amir Temur maqbaralari kabi ko‘plab diniy qadamjolar mavjudligi Bangladeshdan sayyohlarni jalb qilish, Bangladeshda esa dunyodagi eng uzun dengiz plyaji, quyosh chiqishi va botishini tomosha qilish mumkin bo‘lgan Kuakata dengiz bo‘yi maydoni, Hazrat Shohjalol, Hazrat Shoh Paranning bog‘lari hamda mozorlari kabi ko‘plab arxeologik ahamiyatga ega go‘zal maskanlar borligi va bu o‘zbek xalqining Bangladeshga tashrifi uchun yaxshi sabab bo‘lishi mumkinligini ta’kidladi. U savdo aloqalari va turizmni kengaytirish maqsadida Daka-Toshkent o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘lovchilar parvozlarini tiklash, paxta va ip-kalava sanoati sohasida qo‘shma korxonalar qurishni taklif qildi.

Janob Muhammad Jahongir A’lam farmatsevtika mahsulotlari, har xil turdagi ziravorlar, shuningdek, piyoz, sarimsoq, qovun, ayniqsa, olma, o‘rik kabi yangi uzilgan mevalarga Bangladeshda ehtiyoj mavjudligini ta’kidladi.

Uchrashuv qizg‘in munozaralarga boy bo‘ldi. O‘zbekiston Eksportchilar uyushmasi raisi Muxtor Umarovning aytishicha: «Bu suhbat bir tomondan katta ruh bag‘ishlagan bo‘lsa, ikkinchi tomondan ularning yelkalariga ulkan bir mas’uliyatni ham yukladi. O‘zbekistonda birgina eksport sohasi bo‘yicha qancha imkoniyatlarimiz mavjud ekan. Faqatgina biz undan to‘g‘ri foydalana olmayapmiz...».

Darhaqiqat, yuqoridagi so‘zlarda jon bor. Nafaqat eksport, balki yuzlab sohalarda katta loyihalarni amalga oshirish uchun katta potensial bor yashab turgan joyimizda. O‘zimiz ularni qanday ishlatishni bilmayapmiz, xolos...

Suhbat so‘nggida, ikki tomon vakillari ishtirokida O‘zbekiston-Bangladesh davlatlari o‘rtasida samarali savdo-sotiq aloqalarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha tizimli ishlarni rejalashtirish hamda ularni amaliyotga tatbiq etilishi uchun ko‘maklashishga kelishib olindi.

Diyoraxon Nabijonova,

«O‘zbekiston Eksportchilari» uyushmasi

Matbuot kotibi

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bangladesh elchisi paxta va ip-kalava sanoati sohasida qo‘shma korxonalar qurishni taklif qildi