Prezidentimizning 2020 yil 10 noyabrdagi «Aholining sog‘lom ovqatlanishini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori aholi, ayniqsa, shifokorlar tomonidan mamnuniyat bilan qabul qilindi.

Zero, ko‘pchiligimiz pandemiya davrida sog‘lom ovqatlanish, sog‘lom turmush tarziga rioya qilish nechog‘lik muhim ekanligini anglab yetdik.

Qarorda 2021 yil 1 iyundan boshlab 6-23 oylik bolalar uchun uy sharoitida tayyorlangan ovqatlarni boyitish maqsadida mikronutriyent kukuni, 6 oylikdan 5 yoshgacha bo‘lgan bolalar “A” vitamini, 2-10 yoshdagi bolalar gelmintoz profilaktikasi bo‘yicha maxsus preparatlar bilan bepul ta’minlanishi belgilab qo‘yildi.

Xo‘sh, “A” vitamini 6 oylikdan 5 yoshgacha bo‘lgan bolalar sog‘lig‘ida, umuman inson salomatligida qanday ahamiyat kasb etadi?

Shu va boshqa savollar bilan tibbiyot fanlari doktori, Toshkent tibbiyot akademiyasi professori, diyetolog Guli SHAYXOVAga murojaat qildik.

– Vitamin "A"ning yetishmovchiligi dunyo aholisi o‘rtasida uchrab turadigan muammolardan biri bo‘lib, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, dunyoda 275 million odamda ushbu vitamin yetishmovchiligi kuzatilmoqda, – deydi G.Shayxova. – Shundan 14 millioni maktabgacha yoshdagi bolalardir. 3 milliondan ortiq bolalarda esa "A" vitamini yetishmovchiligi o‘lim holatiga olib kelmoqda. Eng achinarlisi, bu holat asosan 1 yoshdan 5 yoshgacha bo‘lgan bolalar orasida ro‘y bermoqda.

"A" vitamini umumiy biologik ta’sirga ega bo‘lgan turli kimyoviy birikmalarning umumlashtiruvchi nomi bo‘lib, "A" vitaminli majmuaga kiruvchi birikmalarning bir guruhi retinoidlar, deb ataladi va o‘z tarkibiga retinol (spirt), retinal (aldegid) va retinoat kislotani qamrab oladi. Boshqa bir guruhi esa karotinoidlar sifatida namoyon bo‘lib, organizmda retinolga aylana oladi. Ana shu xususiyatiga ko‘ra ham “A provitamini”, deb yuritiladi.

Iste’mol qilayotgan mahsulotlarimizda "A" vitamini bo‘lmasa yoki kam bo‘lsa, temir tanqisligi anemiyasi kelib chiqadi va ovqat bilan qo‘shimcha temir tushishining ijobiy samarasini o‘zgartiradi. Ovqatlanishda retinolning asosiy manbai hayvon mahsulotlari hisoblanadi. Karotinoidlarning oziq-ovqat manbalari, odatda sariq-qizg‘ish rangda bo‘ladi. Biroq ba’zi bir bargli sabzavotlar, xususan ismaloqda xlorofillning o‘ta ko‘p bo‘lishi sariq-qizg‘ish rangni niqoblab, unga yashil tus beradi. Mahsulotlarga issiqlik ishlovi berilganda retinolning yo‘qotilishi 40 foizgacha yetishi mumkin. Karotinoidlar, ayniqsa, yorug‘likka nisbatan chidamsiz bo‘ladi.

– Ushbu vitamin yetishmasligi qanday oqibatlarga olib keladi, qanday kasalliklarni keltirib chiqaradi?

– Ovqatlanishda "A" vitaminining chuqur tanqisligi turli-tuman hayvon va o‘simlik oziq-ovqatlari yo‘q bo‘lganida, ya’ni ochlik holatida yuz beradi. Ushbu vaziyat rivojlanayotgan mamlakatlar uchun xos bo‘lib, ularda umumiy oqsil-quvvat yetishmovchiligi fonida bolalarning ko‘p foizida ko‘rish a’zosi shikastlanishining barqaror simptomi – kseroftalmiya shakllanib, keratomalyatsiya natijasida ko‘rlik rivojlanadi. Organizmda uning yetishmovchiligi ko‘zdagi o‘zgarishlarga ayrim hollarda shapko‘rlikkacha bo‘lgan holatlarga olib keladi. Bundan tashqari, organizmning yuqumli kasalliklarga bo‘lgan chidamliligi pasayadi, shilliq qavatlarda o‘zgarishlar paydo bo‘ladi.

Shuningdek, ko‘pincha nafas yo‘llari va peshob-tanosil tizimlari infeksiyalariga hamrohlik qiluvchi ikkilamchi immun tanqisligi rivojlanadi, bu esa temir tanqisligi, kam qonlikka ham olib keladi.

Gipovitaminoz holatlarida ko‘pincha retinol tanqisligining birlamchi belgilari follikulyar giperkeratoz va terining umumiy quruqligi, shilliq qavatlar qurishi (masalan, kon’yunktivlar), ko‘rish analizatorining g‘ira-shira yoritilganlik sharoitlarida qorong‘ilikka moslashish vaqti kamayishidan tortib gemeralopiyagacha bo‘lgan kasallik belgilari bo‘ladi.

– Qaysi ozuqalar tarkibida "A" vitamini bor?

– Tarkibida karotinoidlar mavjud bo‘lgan mahsulotlarning ozuqa yog‘lari bilan aralashtirilishi ushbu vitaminlarning yetib borishini oshiradi, shu sababli ham ovqatlanishda taomlarni uyg‘unlashtirib, masalan, qirilgan sabzini 10 foizli smetana bilan, sutli-qovoqli bo‘tqani saryog‘ bilan, yangi sabzavotlar pomidor va chuchuk qalampirdan tayyorlangan salatni 10 foizli smetana bilan aralashtirib iste’mol qilish maqsadga muvofiqdir. Shuningdek, ovqatlanishda tushlikdagi uchinchi taom sifatida o‘rik, apelsin, tarvuz, shaftolini kiritish to‘g‘ri bo‘ladiki, bu sanab o‘tilgan mahsulotlardagi karotinoidlarning so‘rilishini oshiradi. Yashil mahsulotlardagi xloroplastlar bilan bog‘langan karotinoidlar ushbu mahsulotlar yuqori darajada maydalanganida yaxshiroq so‘riladi.

Bolalarning salomatligini kuchaytirish, immun tizimini oshirish va "A" vitamini yetishmovchiligining oldini olish maqsadida, albatta, saplimentatsiya usuli orqali bolalarga vitaminlar berish lozim.

O‘zA muxbiri Mohigul Qosimova suhbatlashdi

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
"A" vitamini yetishmovchiligi qanday oqibatlarga olib keladi?