Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
«A» va «B» toifadagi haydovchilik guvohnomasini olish tartibi o‘zgardi

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti axborot xizmatidan ma’lum qilishlaricha, 2026 yil 1 fevraldan «A» va «B» toifadagi haydovchilik guvohnomasini olish tartibi o‘zgardi.

– Vazirlar Mahkamasining 636-sonli qaroriga ko‘ra, endilikda nazariy bilimlarni o‘quv markaziga bormasdan ham o‘rganish mumkin, - dedi Jamoat xavfsizligi departamenti  axborot xizmati rahbari Muzifa Sultonova. - Ya’ni, xohlasangiz onlayn kurslarda, oflayn kurslarda yoki o‘zingiz mustaqil tayyorlanib o‘qiysiz.

Amaliyot (rul boshqarish mashg‘ulotlari) esa majburiy bo‘lib qoladi. Bu mashg‘ulotlar davlat yoki xususiy (nodavlat) avtoo‘quv markazlarida to‘liq o‘tilishi shart. Amaliyotni to‘liq tugatgandan keyin nazariy va amaliy imtihon topshiriladi. Imtihonlardan muvaffaqiyatli o‘tganlar haydovchilik guvohnomasini oladi.

Amaliyotning tugatilganligi haqidagi ma’lumotnoma qog‘ozda emas, elektron tarzda rasmiylashtiriladi.

Endilikda «A» va «B» toifadagi transport vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash o‘quv guruhlarini Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmatida ro‘yxatga olish tartibi bekor qilinadi.

N.Abduraimova, O‘zA