Kiyev aholisiga ogohlantirish, Maduroga yangi ayblovlar va Putin bilan Shryoder uchrashuvi
Bugungi “Xorij xabarlari” dasturida Kiyev meri Rossiya hujumlari kuchaygani sababli aholiga shaharni vaqtincha tark etishni tavsiya qilgani, AQSHda Venesuelaning sobiq prezidenti Nikolas Maduro va uning rafiqasiga nisbatan yangi ayblovlar qo‘yilgani, Markaziy Osiyo davlatlarida Amudaryo va Sirdaryodan suv olish limitlarini tasdiqlagani hamda Vladimir Putin tug‘ilgan kunini Germaniyaning sobiq kansleri Gerxard Shryoder bilan birga nishonlagani haqida so‘z boradi.
Shuningdek, Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen Inning singlisi Kim Yo Jong Janubiy Koreyaning tibbiy yordam taklifini rad etgani va Latviyada Rossiya armiyasiga 43 yevro yuborishga yordam berganlikda ayblangan ayol olti yilga qamalgani haqidagi xabarlar ham dasturimizdan o‘rin olgan. Dunyoda ro‘y berayotgan eng muhim voqealarni biz bilan kuzatib boring.
Nozimbek Mardonov,
Oybek Davronov. O‘zA