Abdunabi Hamro kitoblari taqdimoti o‘tkazildi (+video)
O‘zbekiston Milliy kutubxonasida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi va O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi a’zosi, shoir, taniqli adib hamda mohir tarjimon Abdunabi Hamroyevning “Farishta qo‘li bilan”, “Chorrahadagi odamlar”, “Nurali Qobul dunyosi” va ”O‘zbeklar” nomli kitoblari taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoira. “Shuhrat” medali sohibasi Gulchehra Shahobiddin, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi o‘rinbosari G‘ayrat Majid, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, adib, shoir va tarjimon Nurali Qobul, falsafa fanlari doktori, professor Viktor Alimasov, olim munaqqid , filologiya fanlari doktori Suvon Meli, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, jurnalist va yozuvchi Norto‘xta Qilich, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoira va adiba Shahodat Isaxonova, Samarqand viloyati, Kattaqo‘rg‘on shahar nuroniylar kengashi raisi, mahoratli rassom shoir va jurnalist Toxirjon Hamidov, tarjimon Ma’ruf Toshpo‘latovlar so‘zga chiqdi.
Tadbir davomida muallif Abdunabi Hamro o‘z kitoblarining yozilishi tarixi, ularning g‘oyasi haqida ma’lumot berib o‘tdi. Shuningdek kitobxonlar savollariga javob berildi. Muallif kitoblari bugungi kitobxonlarning nafaqat kitob javonlaridan, balki qalblaridan alohida joy egallashiga ishonamiz.
Muhayyo Turdaliyeva, Nishonboy Abduvoitov, O‘zA