Jurnalistlar Amudaryo tumanidagi loyihalar bilan tanishdi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Amudaryo tumanida aholi bandligini ta’minlash, kambag‘allikni qisqartirish, tadbirkorlikni rivojlantirish, investitsiya loyihalarini qo‘llab-quvvatlash va yangi ish o‘rinlari yaratish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishtirish maqsadida media-tur tashkil etildi.
Unda respublika va mahalliy ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etib, tuman mahallalarida amalga oshirilayotgan loyihalar bilan tanishdi.
Xususan, Daryo bo‘yi, Choyko‘l, Alisher Navoiy va Chordara mahallalarida aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish hamda yangi ish o‘rinlari yaratishga qaratilgan ishlar ko‘zdan kechirildi.
[gallery-31765]
Media-tur davomida jurnalistlarni qiziqtirgan savollarga mas’ullar tomonidan batafsil javoblar berildi.
Maqsad HABIBULLAEV (surat), O‘zA