Toshkentda jahon kubogi bahslari qizg‘in kechmoqda
FOTOREPORTAJ
Poytaxtimizdagi “Olimpiya shaharchasi” Suv sporti saroyida suzish bo‘yicha Jahon kubogining 2026-yilgi ikkinchi bosqichi qizg‘in davom etmoqda.
“Ipak yo‘li” turi doirasida o‘tkazilayotgan musobaqada dunyoning 40 ga yaqin davlatidan kelgan sportchilar g‘oliblik uchun bahs olib bormoqda.
Bugungi dasturdan chalqancha, batterflyay, kompleks va erkin usullarda suzish bo‘yicha bellashuvlar o‘rin oldi. Bahslarda sportchilar yuqori natija va g‘oliblik uchun kuch sinashmoqda.
Jahon kubogi bosqichida Avstraliya, Buyuk Britaniya, Vengriya, Ispaniya, Italiya, Polsha, Qozog‘iston, Kanada, Xitoy, Niderlandiya, Yangi Zelandiya, Rossiya, AQSH, O‘zbekiston, Yaponiya va boshqa davlatlardan sportchilar ishtirok etmoqda.
[gallery-31835]
Musobaqaning umumiy sovrin jamg‘armasi 1,2 million AQSH dollarini tashkil etadi. Jahon rekordini o‘rnatgan hamda uch bosqich yakunida “Crown” sohibi bo‘lgan sportchilar uchun belgilangan qo‘shimcha mukofotlar mazkur sovrin jamg‘armasiga kiritilmagan.
Sarvar O‘RMONOV (surat), O‘zA