Ustozlik maqomi — muqaddas!(+video)
Ustozlik maqomi — jamiyatda insonlarning ma’naviyati, ongi va kelajagini shakllantiruvchi eng yuksak, sharafli hamda mas’uliyatli muqaddas martabadir.
Ilm-ma’rifat taraqqiyoti, avvalo, ustozning jamiyatdagi maqomi va shogirdning unga bo‘lgan hurmatidan boshlanadi. Zero, ustoz insonni jaholat zulmatidan ma’rifat ziyosiga yetaklaydigan, uning qalbi va tafakkurini kamolga yetkazadigan ulug‘ zotdir.
Insoniyat tarixida ustoz va murabbiylarning o‘rni hamisha beqiyos bo‘lib kelgan. Zero, insonning jismonan voyaga yetishida ota-onasi sababchi bo‘lsa, uning ma’nan yuksalishi, dunyoqarashi kengayishi va hayotda o‘z o‘rnini topishida ustozlarning xizmati alohida ahamiyat kasb etadi.
“Kelajak bunyodkorlari” loyihasining navbatdagi sonida Sergeli tuman 1-son texnikumi Yoshlar ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari Kimyo Nasriddinova bilan o‘qituvchilikning sharafli va mashaqqatli mehnati haqida batafsil suhbatlashdik.
Muhayyo Turdaliyeva, Nishonboy Abduvoitov, Anvarxo‘ja Ahmedov, O‘zA