AOKAda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi axborot xizmati rahbari Gulnoza Alimova ishtirokida o‘tkazilgan brifingda aholi tomorqasi va ijara yerlarda ekin ekish ishlarini tashkil etish yuzasidan amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida ma’lumot berildi.

Qayd etilishicha, mahallalarda tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi daromadini oshirish maqsadida hokim yordamchilari tavsiyasiga asosan tadbirkorlik qilish istagini bildirgan 92 ming nafar fuqaroga qariyb 1,5 trillion so‘m miqdorida imtiyozli kreditlar ajratildi.  

Tomorqalardan samarali foydalanishni tashkil etish orqali aholi bandligi va daromadlarini oshirishga qaratilgan ishlarni yanada jadallashtirish maqsadida “dolzarb bir oylik” safarbarligi doirasida hududlarga mas’ullar biriktirildi.  

478 ming gektar aholi tomorqalariga 209 ming ijara yer maydonlariga “bahorgi” ekinlar ekilishi belgilandi.  

Bundan tashqari, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan tajriba-sinov tariqasida Oltinko‘l tumani Sadda mahallasida 5 gektar, Baliqchi tumani Sarnavul mahallasida 5 gektar qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer maydonida yengil tipdagi issiqxona xo‘jaliklar tashkil etilmoqda.  

Qurilayotgan issiqxonalarni vaqtinchalik foydalanish sharti bilan 2 yil muddatga 10 sotixdan jami 100 ta “Kambag‘al oilalar reyestri”dagi fuqarolarga to‘rt tomonlama shartnoma asosida to‘g‘ridan-to‘g‘ri ijaraga berish ko‘zda tutilgan.  

Sh.Mamaturopova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
92 ming nafar fuqaroga qariyb 1,5 trillion so‘m miqdorida imtiyozli kredit ajratildi