909 ta tanlov savdosida raqobat talablari buzilgan
Raqobat qömitasining Namangan viloyati hududiy boşqarmasi tomonidan tanlov (tender) savdolarining raqobat töğrisidagi qonunçilik talablariga muvofiqligi yuzasidan örganişlar olib borilmoqda.
Xususan, 2024-2026-yillar davomida ötkazilgan tender savdolarida jami 2 ming 748 ta raqobat töğrisidagi qonunçilik talablari buzilişi holatlari aniqlangan. Joriy yilning ötgan davrida boşlanğiç narxi 433,2 milliard sömlik 909 ta tanlov savdosida raqobat qonunçiligi talablari buzilgani aniqlangan.
Örganişlar davomida ayrim savdolarda "Raqobat töğrisida"gi qonun talablari buzilişi alomatlari, jumladan, savdolar ötkazişning qonun hujjatlarida belgilangan tartibini buziş, savdolarning bitta yoki bir neçta iştirokçisiga savdolarda qatnaşiş uçun imtiyozli şart-şaroitlar yaratib beriş, affillanganlik va iştirokçilar takliflarini notöğri baholaş holatlari aniqlangan.
Şuningdek, sönggi uç yil davomida ötkazilgan örganişlar natijasida 84 dan ortiq mansabdor şaxslarga maʼmuriy bayonnomalar rasmiylaştirilib, tegişli tartibda sud organlariga yuborilgan.
N.Rahmonova,
ÖzA